TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #toponimika #seminar
O‘QUV-SEMINAR TASHKIL QILINDI

◾️Davlat kadastrlari palatasi hududiy tuzilmalarining geografik obyektlarni nomlash masalalariga mas’ul xodimlarning bilim va malakasini oshirish hamda ular faoliyatini samarali уо‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etilishi belgilangan.

◾️Shunga ko‘ra, ishlab chiqilgan dasturga muvofiq bugun 🌟DKP Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman filiallarining ma’lumotlar bazasiga mas’ul mutaxassislari ishtirokida Toshkent shahar hokimligi binosida seminar o‘tkazildi.

◾️O‘quv-seminari davomida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, geografik obyektlarga nоm berish va ularni qayta nomlash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

◾️Seminar yakunida tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

◾️Shubhasiz, bu kabi seminarlar mutaxassislarning geografik obyektlarning nomlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi bilimlarini yanada oshirishga muhim hissa qo‘shadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod #ochiq_muloqot
YER NAZORATIDA HAMKORLIK MUHIM

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida aholi vakillari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Yashnobod tumani “Yosh avlod” MFYda tashkil etildi.

◾️Unda boshqarmaning Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘i A.To‘lqinov, bo‘lim bosh inspektori O.Rustambekov tomonidan yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurslardan biri ekanligi, har bir qarich yerning hisobi borligi, qonunchilikda yerqonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

◾️Yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda jamoatchilik nazoratining o‘rni muhimligi qayd etilib, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

◾️Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuv davomida shuningdek, 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va unda aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma'lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholining uy-joyga huquqlari e`tirof etiladi.

➡️ «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati, fuqarolar kimga va qayerga murojaat qilishlari hamda Qonunning qachon kuchga kirishi yuzasidan “Studiya 24” ko‘rsatuvida orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Маслаҳат учрашуви: минтақа манфаатларини биргаликда илгари суриш ва умумий ўзига хосликни шакллантириш йўлида

Консультативная встреча глав государств Центральной Азии: по пути совместного продвижения интересов региона и формирования общей идентичности

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda qaysi muddatgacha o`zboshimchalik bilan qurilgan uylarga mulk huquqini e’tirof etish ko’zda tutilgan?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

🇺🇿Davlatimiz Rahbari tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi.

Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar va 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokidagi intervyu "O’zbekiston 24" telekanalida yoritildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎 🎬🎬🎬🎬

OAV BIZ HAQIMIZDA

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tumanning “Yosh avlod” MFYda aholi bilan ochiq muloqot tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

⚖️ Qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan, qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan mazkur tadbir tafsilotlari quyidagi OAV orqali ham yoritildi:

▶️ Ochun uz internet nashrida;

▶️ Yashnobod tumani hokimligining telegram kanalida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #Yashnobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📄 QONUNNING 4-moddasi haqida,

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 4-moddasining mazmun-mohiyati.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🫥 «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonunning ijro etilishida Kadastr agentligi vazifalari nimalardan iborat?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚
RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 20-uy manzilida joylashgan, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi joylashgan koʻp qavatli turar joy binosi obyekti “F.P.H.” MCHJga Toshkent shahar hokimining 30.11.2018-yildagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2024-yildagi hamda Toshkent shahar hokimining 15.01.2024-yildagi qarorlariga asosan yer maydoni ajratib berilgan. Noturar qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

◾️Turar joy qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, unga koʻra umumiy foydalanish maydoni 8088,63 kv.m., yashash maydoni 4091,42 kv.m. ni tashkil etadi.

◾️Binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 6-ilovasi – “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti” 2-bob, 19-bandi, 17-xatboshiga asosan rad etilgan.

◾️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

◾️Qo‘shimcha ravishda, yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi tugallangan binolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilib, notarial shartnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi va x.k.) bilan murojaat etishgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari shakllantirilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🎬🎬🎬🎬

QONUN MOHIYATI OAV NIGOHIDA


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi B.Abdumalikov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” radiokanali orqali tashkil qilingan jonli muloqotda ishtirok etdi.

◾️“Shu kunning mavzusi” eshitirishida🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida muhim ma'lumotlar


📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/pdfs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🌎🌎🌎🌎

GAZETADA BOSHQARMA FAOLIYATI


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining joriy yil 6 oyidagi faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar 💠“Inson va qonun” gazetasining 13.08.2024 yildagi 32-sonida e’lon qilindi.

🧊 Maqola muallifi – boshqarmaning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #kadastr_xizmatlari #gazeta

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KADASTR SOHASI – QONUN USTUVOR SOHA

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan profilaktik tadbirlarning navbatdagisi📍Yunusobod tumanida tashkil qilindi.

◾️Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ 931-son Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari xususida batafsil so‘z yuritildi.

◾️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◾️Darhaqiqat, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM