TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.38K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan ko'chmas mulk obyektlariga huquqlarni e'tirof etish shartlari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi ORQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🔘 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun 8-noyabr sanasidan rasman kuchga kiradi.

Qayerga murojaat qilish kerak?
🔘Hech qayerga murojaat etishlari shart emas. Qonunga muvofiq vakolatli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida har-bir hududda xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.


📄Mazkur reja-jadval 2024-2025-yillar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko’ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlandi.

🟢Unga ko‘ra 2024-yilda respublikamizning barcha tuman va shaharlarida jami 901 ta, 2025-yilda esa 2980 ta mahallalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Shu va boshqalar haqida 🌟Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari N.Atamuratov tomonidan AOKAda o'tkazilgan brifingda ma'lumot berildi.

➡️ BATAFSIL

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937 #E_tirof_dasturi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔘Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔘 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔘viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔘 boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

➡️Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔘 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🔘 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

📄 Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

❗️ Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

⭕️ 1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
⭕️ 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar
⭕️ qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Yakka taritibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldapgi maydoni mazkur qonunchilik hujjatida belgilangan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.


#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM