TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.09K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #muhim_sana
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

🌏 Gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.

💠 Zero, davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️


📃 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali 2024-yil boshidan 1-iyul holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 2 842 221 ta
🆕 Yangilari - 5 150 ta
🕐 Jarayonda - 6 850 ta
🔚 Tugallanganlar - 1 972 286 ta
Rad etilganlar - 6 080 27 ta
🪙 To‘lov jarayonida - 28 678 ta
Bekor qilingan - 221 230 ta

📱 Kadastr pasportini onlayn shakllantirish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YAIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi.

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi.

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YAIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

#onlayn_xizmatlar #Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Uchtepa
BIZNING MANZILLAR: UCHTEPA TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Uchtepa tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◼️Manzil: Uchtepa tumani, 15-mavze 12-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 274-58-14.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️“Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Yunusobod tumani hokimining 2013-yil 16-avgustdagi farmoyishi bilan Yunusobod tumani, 3-mavzesida joylashgan 3873 kv.m yer maydoni MCHJga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan.

◾️2024-yil 16-may kuni boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan belgilangan tartibda olib borilgan davlat yer nazorati tadbiri natijasida, MCHJga yer maydoni faqatgina obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan bo‘lishiga qaramasdan ushbu yer maydonida o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish, unda noqonuniy qurilmalar (stadion, avtoturargoh, qorovulxona hamda tadbirkorlik maqsadida binolar) qurib, ushbu yer maydonidan shu kunga qadar maqsadsiz foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

◾️Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat MCHJ rahbari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

◾️Shundan so‘ng aniqlangan yer qonunbuzilishini bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini MCHJ hisobidan o‘z holiga qaytarish yuzasidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Bugungi kunda kiritilgan da’vo arizasi sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

◾️Bundan tashqari, “Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan yuqoridagi murojaatda “Toshkentni qoq markazidagi manavi bino esa yarimtayam ruxsatsiz yaqinlarda qurildi” deya izohlangan qurilmaga ham to‘xtalib o‘tamiz.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan 2-sonli noturar joy obyekti MCHJga 15.08.2023 yildagi Elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasiga asosan auksion g‘olibi sifatida 180.00 kv.m yer maydoni 15.08.2023 yildagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 06.09.2023 yildagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Loyiha-smeta hujjatlarni kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organlari tomonidan 26.09.2023 yildagi loyiha tasdiqlangan.

◾️Tasdiqlangan loyiha-smetasiga asosan 23.11.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektdan foydalanish uchun Ruxsatnomasiga ko‘ra umumiy foydalanish maydoni (tashqi) 152.00 kv.m., foydalanish maydoni 131.59 kv.m., qurilish osti maydoni 152.00 kv.m ga nisbatan MCHJ nomiga mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tezkor_munosabat TEZKOR MUNOSABAT

◾️Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida “Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining ishonch raqamlariga qayta-qayta telefon qilsangiz ham hech kim javob bermaydi” sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.

◾️Mazkur murojaat🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

◾️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

Davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 UZA biz haqimizda

⭐️Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning ikkinchi choragi davomida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 23 ming 695 ta (3 756,5 gektar) holat aniqlandi.

🗣 Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida Agentlik organlari tomonidan huquqbuzarlarga berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida 12 ming 734 tasi (1 384,6 ga) ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Batafsil: UZA maqolasida

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda


⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Yangihayot tuman bo'limi va filiali yangi binosi foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edik.

◼️Ochilish marosimidan lavhalar quyidagi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi:

▶️"Toshkent" telekanalining "Poytaxt" informatison dasturi;
▶️"Mahalla" telekanalining "Mahalla yangiliklari" informatsion dasturi;
▶️ Yangihayot tumani hokimligi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
INTIZOM VA HALOL XIZMAT – OLIY MAQSAD

◾️Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish muhim hisoblanadi.

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Navbatdagi davra suhbati Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida tashkil qilindi.

◾️Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, ta’magirlik, tanish-bilishchilik, tizimda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◾️Shuningdek, tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada yutuqlarga yetaklovchi jihatlar ekanligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXMdagi xizmatlarimiz


🌐 Turar va noturarjoy obyektlariga manzillar berish, ularni o'zgartirish va mavjudligini bekor qilish boyicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari tartibi mazkur infografikada ko'rsatilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH

◾️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌟 Kadastr agentligiga 2024-yil 1-iyul holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

‼️ Kadastr agentligiga:

🖥 [email protected] elektron pochtasi orqali;
💻 kadastr.uz rasmiy veb-sayti orqali;
📞1097 ishonch telefoni orqali;
🌟 Kadastr agentligi binosi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “M” mavzesi, 6-“v” uy manziliga kelib murojaat qoldirishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan “Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining ishonch raqamlari” bilan bogʻliq shikoyat yuzasidan🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarma rahbariyati tomonidan murojaatda bayon qilingan holat tanqidiy-tahliliy ruhda koʻrib chiqilib, boshqarma va uning tuman filiallaridagi bevosita murojaatlarga mas’ul xodimlarga o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosida talabchan va mas'uliyatli bo‘lish, murojaatlarni o‘z muddatida sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan muloqot davomida odob-axloq qoidalari, muomala madaniyati, kasb etikasiga rioya qilish toʻgʻrisida tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Ayni yo‘nalishdagi nazorat ishlarini yanada kuchaytirish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

◾️Bundan tashqari bir necha bor urinishlarga qaramay afsuski murojaat muallifi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

◾️Shu o‘rinda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid murojaatlarini qonun doirasida ijobiy hal qilish, kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tamiz.

◾️Bugungi kunda boshqarmaning (+99871) 231-68-51 (ichki 212 murojaatlar uchun hamda 250 ishonch raqamlari) dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha ish faoliyatida boʻlib, mutaxassislar tomonidan fuqarolar murojaatiga javob berib kelinmoqda.

◾️Shuningdek, boshqarma hamda uning tuman filiallari binolarida sohaga oid u yoki bu masalasiga aniqlik kiritmoqchi boʻlgan poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari uchun fuqarolar qabuli, bundan tashqari, murojaat yoʻllash uchun @kadastruzb_bot yoʻlga qoʻyilgan.

◾️Qolaversa “Kadastr-xalq xizmatida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganishlar olib borilib, aholi murojaatlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berib kelinayotganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Sergeli
BIZNING MANZILLAR: SERGELI TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Sergeli tumani filiali

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️ Manzil: Sergeli tumani, Saadiy ko‘chasi, 1-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-03-04.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI O‘Z HOLIGA QAYTARILDI

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

◾️Jumladan, boshqarmaning Bektemir tumani bo‘limi mas’ul xodimlari “Zilola” MFY, Rohat ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 159.0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

📃 Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

⚖️ Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda noqonuniy qurilma sudning hal qiluv qarori asosida bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM