TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.1K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SHAYXONTOHUR TUMANIDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI

⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari “Jangoh” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida o‘zboshimchalik bilan egallangan 91 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

📃 Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

⚖️ Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda noqonuniy qurilma sudning hal qiluv qarori asosida majburiy ijro byurosi tomonidan bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning may oyigacha bo'lgan davrda jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 024 436 tani tashkil etadi.

👔Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

🫥Eslatib o'tamiz, avvalroq respublikadagi erkak va ayol mulkdorlar haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #fuqarolar_qabuli #boshqarma
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

💬 Odamlarning murojaatlari, hayotiy muammo va masalalarini hal etish – davlat xizmatchilari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi.

🗣 Bugun 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Burxon Minasipov boshchiligida boshqarma binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

◼️ Rasmiyatchilikdan holi bo‘lgan ochiq muloqot davomida bir necha fuqarolar, jumladan, Shayxontohur tumanidan kelgan T.Toshpo‘latov hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Z.Musayevaning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Ularning savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🫥 Darhaqiqat, yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida xalqchil mexanizm yo‘lga qo‘yilgan. Kadastr sohasida ham bu tizimning amaliy natijalari odamlar roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎 🎬🎬🎬🎬

KADASTR XODIMLARI BILAN RADIOSUHBAT TASHKIL ETILDI


⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani filiali boshlig‘i T.Karimov 🇺🇿“Oʻzbekiston” radiokanalining “Shu kunning mavzusi” eshitirishida ishtirok etishdi.

🗣Mutaxassislar jonli efirdagi muloqot davomida sohaga oid bugungi kunda yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob qaytarishdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #radio

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 📝📝📝📝

📣 DIQQAT E’LON! 📣

◼️Poytaxtimizning Olmazor tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limida sayyor qabul o‘tkaziladi.

◼️ Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🤔 Sayyor qabul Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🎲 Kuni: 2024-yil, 30-may, soat 10:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 231-68-51.

📍 Manzil: Olmazor tumani, Talabalar ko'chasi, 54-uy.

📍 Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Olmazor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

CHILONZOR TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasida tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Chilonzor tumanida olib borilgan yer nazorati tadbiri tafsilotlari 📹 "Mahalla" telekanalining "Mahalla yangiliklari" informatsion dasturida yoritildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV BIZ HAQIMIZDA

◼️Kuni kecha 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Burxon Minasipov boshchiligida boshqarma binosida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi.

🫥 Mazkur qabul bir necha OAV orqali atroflicha yoritildi:

🎚️ NazoratUz Rasmiy kanalida;

🎚️ Ochunuz internet nashrida;

🎚️ Hurfikruz telegram kanalida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #fuqarolar_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH

◾️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati murojaat va savollaringizga ushbu aloqa markazi orqali javob berishda davom etmoda!

☎️ (71) 207 00 03 telefon raqamlari orqali siz:

🔂Davlat kadastrlari palatasining kanselyariya;
🔂Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
🔂Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limlari mutaxassislariga mazkur telefon raqamlari orqali ulanish imkoniyatiga egasiz.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH

🫥 Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

💬 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

👨‍💻 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar).

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

📃 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Mirzo_Ulug_bek
BIZNING MANZILLAR: MIRZO ULUG‘BEK TUMANI FILIALI

▶️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Mirzo Ulug‘bek tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

◼️ Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahillik ko‘chasi 3-uy.

📍 Lokatsiya.

🤙 Murojaat uchun telefon: (+99871) 286-23-01.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

🗣 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM