TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur #dron
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI YER QONUNBUZILISH HOLATLARI DRONLAR ORQALI ANIQLANMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida dronlardan foydalanildi.

📝 Bugun tumanning “Oqlon”, “Samarqand Darvoza”, "Katta Oqtepa" hamda Olim Xo‘jayev MFYlarida zamonaviy texnologiyalar yordamida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olib, noqonuniy qurilish qilingan holatlarni aniqlash ishlari tashkil etildi.

◻️ Tafsilotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tayinlov #tabrik
📣 TAYINLOV 📣

🔷 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, To‘lqinov Azizbek Avaz o‘g‘li Kadastr agentligi Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔷 Azizbek To‘lqinov tayinlovga qadar Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

🔷 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi A.To‘lqinovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod
NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI O‘Z HOLIGA QAYTARILDI

🏢 Bugungi kunda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

⚠️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📝 Boshqarmaning Yashnobod tumani bo‘limi mas’ul xodimlari Do'stobod MFY, Oltintepa ko‘chasi 2-uy manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 120 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

🔷 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borilib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi mas’ul xodimlari "Yangi Sebzor" MFY 9-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 50 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

📝 Shundan soʻng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

⚠️ Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tayinlov #tabrik
📣 TAYINLOV 📣

🔷 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Kurbanov Ixtiyor Narimonovich Kadastr agentligi Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔷 Ixtiyor Kurbanov tayinlovga qadar Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

🔷 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi I.Kurbanovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muhim_sana #tabrik
15-MAY – XALQARO OILA KUNI

💠 Oila – baxt qoʻrgʻoni. U insonga onalik va otalik saodatini hadya etadi, yosh avlodning xulq-atvori va hayotiy qadriyatlarini tarbiyalaydi.

⚜️ Vatan ichra moʻjaz vatan jamiyat taraqqiyotida, yoshlar tarbiyasida va keksa avlodni qoʻllab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega.

🇺🇿 Tilagimiz – yurtimizdagi barcha oilalarda tinchlik-totuvlik, o‘zaro ishonch, baxt va shukronalik muhiti hukm sursin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

✔️ Ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #anons #jonli_efir #tv
MAS'ULLAR BILAN TELEMULOQOT TASHKIL ETILADI

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi mutasaddilari 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Oʻzbekiston” telekanalining hamkorlikdagi loyihasi – “Yuridik klinika” dasturida ishtirok etishadi.

🔷 Mutaxassislar jonli efir davomida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, yurtdoshlarimizning kadastrga oid savollariga javob qaytarishadi.

Efir vaqti: 12:00 dan boshlab.

🔴 Jonli efir havolasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yilning dastlabki 4 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

19 100 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
21 100 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
1 426 000 kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
14 700 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
3 050 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
395 km nivelirlash ishlari;
147 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
3 300 nusxada topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;
145 ta maʼmuriy-hududiy birliklar (shaharcha, qishloq, ovul) chegaralari belgilandi;
106 500 nusxada umumgeografik va turli mavzuli xaritalar hamda boshqa poligrafik mahsulotlar nashr qilindi;
13 ta hudud, 194 ta tuman va shahar chegaralari belgilandi.

🗣Shuningdek, Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 16 859 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing #xususiylashtirish
FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

Siz o‘zingiz yashab turgan hovli-joyning yer uchastkasini xususiylashtirishga qaror qildingiz. Bu qanday tartibda amalga oshishidan xabardormisiz?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani filiali boshlig‘i F.Ergashev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Muhim eslatma: Yer uchastkasiga bo‘lgan mulkdorlik huquqi fuqaroga nafaqat bino-inshoot, balki uning yerini ham alohida sotish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerdan garov obyekti sifatida foydalanish mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qo‘yib, ipoteka krediti olish imkoniyati ham mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor
OLMAZOR TUMANIDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi mas’ul xodimlari Yangi Sebzor MFY 4-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 55 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Yo‘l qo‘ygan xatosining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etib, qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

⚠️ Unutmang, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga BHMning 25 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

⚜️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📁 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

📝 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonning aholisi eng zich hududi qaysi
?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

☯️ Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, so'ngra Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV BIZ HAQIMIZDA


⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari H.Ochilov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan 📹 “Yuridik klinika” dasturida ishtirok etishdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚠️ Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

💠 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SERGELI TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasida tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Sergeli tumanida zamonaviy texnologiyalar yordamida olib borilgan yer nazorati tadbiri tafsilotlari 📹 "Mahalla" telekanalining "Mahalla yangiliklari" informatsion dasturida yoritildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM