TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #9_may #Xotira_va_qadrlash_kuni
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

🇺🇿 Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

⚜️ Aslida xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu – har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir.

🔷 Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🔷 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xotira_abadiy #qadr_muqaddas #faxriylarga_ehtirom
FAXRIYLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

🔷 Har bir sohaning o‘z ustunlari, o‘zining tajribali mutaxassislari bo‘ladi. Kadastr tizimida esa bunday ustunlar talaygina.

🔷 Faxriylarimiz o‘zlarining ko‘p yillik halol mehnati, boy tajribalari bilan tizim rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan. Ularning hayot yo‘llari, xalq xizmati yo‘lidagi fidokorona faoliyati yosh xodimlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘taydi.

🇺🇿 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan kadastr sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlsa-da, hamon yoshlarga oʻz oʻgit va maslahatlarini berib kelayotgan faxriylar holidan xabar olinib, hurmat-ehtirom ko'rsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat


◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hayotini kadastr tizimiga bog‘laganlar

🇺🇿 Davlatimizning rivoji yo‘lida, sohalarning ravnaq topishi uchun unda faoliyat olib boruvchi fidokor insonlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Kadastr sohasida ham hayotini, umrini shu tizim rivojiga bag‘ishlagan ko‘pgina ustozlarimiz borki, ular doimo e’zozda.

Bugun ularning xotiralarini tinglab, yaqin o'tmish, kadastrning yaqin tarixiga nazar solamiz, toki tarixsiz kelajak yo‘q.

1-qism.

#DavKadastrPalata #xotira_va_qadr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

👉 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xo‘jalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hayotini kadastr tizimiga bog‘laganlar

🇺🇿 Davlatimizning rivoji yo‘lida, sohalarning ravnaq topishi uchun unda faoliyat olib boruvchi fidokor insonlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Kadastr sohasida ham hayotini, umrini shu tizim rivojiga bag‘ishlagan ko‘pgina ustozlarimiz borki, ular doimo e’zozda.

Bugun ularning xotiralarini tinglab, yaqin o'tmish, kadastrning yaqin tarixiga nazar solamiz, toki tarixsiz kelajak yo‘q.

2-qism.

#DavKadastrPalata #xotira_va_qadr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati
NOQONUNIY ISH – KELTIRAR TASHVISH!

🔷 Bugungi kunda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Yangihayot tumani boʻlimi masʼul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida “Yangi Gulzor” MFY, Gulzor ko'chasi hududida fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan 400 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

🔷 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

🔷 Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #gazeta
OAV BIZ HAQIMIZDA

🗞 “Huquq” gazetasining 09.05.2024 yildagi 19-sonida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev bilan suhbat chop etildi.

🗞 Unda poytaxt hududida kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  6-10 may kunlari  jami  1 684 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Stereotopografiya va raqamli kartografiya bo'limi tomonidan Toshkent shahri hududida geodeziya va yer osti kommunikatsiya ishlari bajarilmoqda.

🇺🇿Hozirda Bektemir tumani hududidagi geodeziya va yer osti kommunikatsiyasi to'liq tugallandi. Tumanidagi yer osti va yer usti kommunikatsiyalarining profillari va 3D modellari yaratildi. Yer osti kommunikatsiyasi profillarini yaratishda GPS o'lchov usulidan foydalanilmoqda.

🗓 Ushbu yil hisobidan 📍Toshkent shahridagi yer osti kommunikatsiyalarining profillari va 3D modellarni yaratish ishlari to'liq bajarilishi rejalashtirilgan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM