TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Olmazor tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlar bilan bog‘liq “Kadastr ham yo‘q, uy ham yo‘q” sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga muvofiq Toshkent shahar hokimi tomonidan qabul qilingan 2019-yil 11-martdagi qarorga asosan Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan yer maydoni “M.M.B.” MCHJ nomiga zaxiralangan.

◻️ Bugungi kun holatiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to’g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasiga Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan ko‘p qavatli binoga kadastr hujjatlari shakllantirish yuzasidan tegishli ariza taqdim etilmaganligi sababli kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda bino davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

👉 Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📝 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 210-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Айни пайтда, Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми ўтказилмоқда.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Yunusobod
BIZNING MANZILLAR: YUNUSOBOD TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filiali

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📍Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon:
(+99871) 235-44-69.

📌 Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Endilikda xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.

🗣Bu haqida Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на III Ташкентском международном инвестиционном форуме

Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Third Tashkent International Investment Forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🗓 Hisobot davri: 1-30-aprel, 2024-yil

📊Jami kelib tushgan: 83 167 ta
Shakllantirilgan: 43 086 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #arxiv
RADIODA “NAMUNALI ARXIV” LOYIHASI YORITILDI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani filiali arxiv ishi muhandisi H.Zayniddinova 📻 “O‘zbekiston” radiokanaliga intervyu berdi.

🎙 Mutaxassis “Jarayon” eshitirishi orqali Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

💻 Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

🔹 ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
🔹 ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌟 Kadastr agentligiga 2024-yil 1-may holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

‼️ Kadastr agentligiga:

🖥 [email protected] elektron pochtasi orqali;
💻 kadastr.uz rasmiy veb-sayti orqali;
📞1097 ishonch telefoni orqali;
🌟 Kadastr agentligi binosi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “M” mavzesi, 6-“v” uy manziliga kelib murojaat qoldirishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #karyera_kuni
BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 O‘quv yili yakunlanib borar ekan, bitiruvchi talabalarni asosan - o‘qishni bitirib qayerda ishlasam bo‘larkin? - degan savol qiynaydi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘z talabalariga bu savolga tezroq yechim topishlariga imkon berdi. Bugun bu yerda "Karyera kuni" tashkil etildi.

🔷 Bir necha tashkilotlar qatori Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari ham sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda
OAV BIZ HAQIMIZDA

- “Aksiya" chiqsa, uyimga hujjat qilib olaman” deb yerni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar xato o‘ylashadi. Ulardan o‘zboshimchalik bilan boshlangan qurilishni to‘xtatishni va yerni asl holatiga qaytarishlarini so‘raymiz”.

🏢 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayevning “Daryo” hamda Darakchi uz internet nashrlarida e’lon qilingan maqolasida aytib o‘tildi.

💻 Shuningdek, yuqoridagi murojaat turli ommabop telegram kanallarda ham keng yoritildi.

👉 “Daryo”ning rasmiy kanalida;
👉 Darakchi uz saytining rasmiy telegram kanalida;
👉 O‘zbekiston 24 telegram kanalida;
👉 Uzbekistanofficial telegram kanalida;
👉 Dunyo TV telegram kanalida;
👉 Toshkentliklar_24 telegram kanalida;
👉 Uzbek video channel telegram kanalida;
👉 Jahon xabarlari telegram kanalida;
👉 Qoraxabar - Tezkor xabarlar telegram kanalida;
👉 Militsiya Uzb telegram kanalida;
👉 Hokim buva telegram kanalida.
16:00:00-17:00:00
RADIO 24
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #radio
"DOLZARB 40 KUNLIK" DOIRASIDA TOSHKENT SHAHRIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov 🇺🇿"O‘zbekiston 24" radiokanaliga intervyu berdi.

🎙Mutaxassis intervyu davomida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida poytaxt hududida amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlariga to‘xtalib, yurtdoshlarimizdan yerga oid qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlarini, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab, huquqbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklarini soʻradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube