TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.1K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔷 Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #radio
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Yer nazorati tadbirlarini samarali tashkil etishda “E-yer nazorat” ATT dasturining ahamiyati nimalardan iborat?

🔷 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori A.To‘lqinov 🇺🇿 “O‘zbekiston” radiokanali muxbiriga intervyu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 30-aprel kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Brifingda: Kadastr xizmatlari va yer bilan bog'liq masalalar yuzasidan aholi tomonidan ko'p kelib tushayotgan savollarga javob beriladi.
🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, 🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #hisobot
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

🔷 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining to‘rtinchi yigʻilishi o‘tkazildi. Unda davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

🔷 Kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Ochilov so‘zga chiqib, Kadastr agеntligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkеnt shahar boshqarmalari, uning hududiy tizim xodimlari orasida poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish, tizimni “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

🔷 Shuningdek, kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlarga ham toʻxtalib oʻtildi.
Hurmatli fuqarolar!

Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yunusobod tumani hokimligining tuman hududidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 29-aprel kunidan 13-may kuniga qadar qatnashishi mumkin.
Уважаемые граждане!

Примите участие в голосовании по присвоению наименований и переименованию некоторых улиц Юнусабадского района!

В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимията Юнусабадского района по присвоению наименований и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», в целях изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований и переименования некоторых улиц Юнусабадского района путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, проспект Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected] 

Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 29 апреля по 13 мая текущего года.
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
YERLARNI O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLASHDA JAZO MUQARRAR

⚠️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari Kamolon Darvoza MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 270 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Olmazor tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlar bilan bog‘liq “Kadastr ham yo‘q, uy ham yo‘q” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish jarayoniga tadbirkorlar jalb etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Har oyda zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalar hokimliklarga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yangi majburiy to'lovlar va yig'imlar faqat qonunda belgilanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim daryolar o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi nazorat qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

📝 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

👉 BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln so‘mdan 170 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

👉 muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

👉 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir
NOQONUNIY HARAKAT JAZOSIZ QOLMAYDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning Oltintopgan MFY, Oltintopgan ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 85,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Amalga oshirgan xatti-harakatining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etdi.

🔷 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz. Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi

🔺 Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi.

📃 Jumladan:
◾️45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi;
◾️O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi;
◾️Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi;
◾️Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi.

🟢Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!

Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X