TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.38K photos
1.19K videos
6 files
5.73K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

😎Bugun, 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, sohada o‘zining o‘chmas izini qoldirib kelayotgan hamda faoliyati davomida mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan 5 nafar xodim “Soha iftixori”, 23 nafari esa “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

💐Kadastr agentligi jamoasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan hamkasblarini muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlariga rivoj va zafarlar tilab qoladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv
KADASTR XODIMLARI BILAN TELESUHBAT TASHKIL ETILDI

📆 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov hamda boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori A.To‘lqinov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” dasturida ishtirok etishdi.

🎙 Jonli efirdagi muloqot davomida soha mutaxassislari yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Bektemir tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 26-aprel, soat 10:00 dan.

☎️ Qabulga yozilish uchun: (+99871) 295-33-99.

📍Manzil: Bektemir tumani, Suvsoz dahasi 29-uy, 118-xonadon.

📍Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #matbuot_tadbiri #yer_nazorati #arxiv
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Xabaringiz bor, “22-aprel - Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.

🔷 Mazkur tadbir tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiokanalining "Yangiliklar" dasturida atroflicha yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 AOKAda Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✉️ 2023-2024-yillar davomida respublika bo‘yicha 36 904 ta holatda 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan. Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirishlar natijasida 20 945 ta holatda 3 726,8 gektar ya’ni 57 foiz yer maydondagi qonun buzilishlar ixtiyoriy bartaraf etildi.

➡️Batafsil:

O‘zbekiston telekanali
UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tv #kadastr_xizmatlari
JONLI EFIRDA KADASTR MAVZUSI

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari B.Abdumalikov, A.Yusupov hamda O‘.Saliyevlar 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousida ishtirok etishdi.

🔷 Dastur davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Diqqat Avtomobilsiz kun!

🇺🇿 "O'zbekiston 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida har oyning to'rtinchi chorshanbasi avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi e'lon qilinmoqda.

🗓 Aksiya kuni: 2024-yil 24-aprel

🚗 Bu kunda tashkilot rahbarlari tomonidan avtomobillarga cheklovlar qo'yish va jamoat transportlaridan foydalanishga imkoniyat yaratish belgilangan.

☘️ Barcha xodimlardan ushbu aksiyada faol ishtirok etishlari hamda ekologiya va atrof-muhit zararlanishini oldini olishga o'z hissalarini qo'shishlarini so'rab qolamiz.

#DavKadastrPalata #avtomobilsiz_kun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_tadbiri #tv
MATBUOT TADBIRI OAV NIGOHIDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida o‘tkazilgan “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusidagi matbuot tadbiri tafsilotlarini “Oʻzbekiston” hamda “Toshkent” telekanallarida efirga uzatilgan lavhalar orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH

📝 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio
OAV BIZ HAQIMIZDA

📻 “Oʻzbekiston” radiokanali jonli efirida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.Abdumalikov hamda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i A.Zohidov bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🎙“Shu kunning mavzusi” eshitirishida mutaxassislar tomonidan sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berilib, tinglovchilarning kadastrga oid savollariga javob qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya
KADASTR XODIMLARI AVTOMOBILSIZ KUNDA FAOL

🚙 Bugun 24-aprel sanasida "O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🚌 Mazkur aksiya doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ham faol ishtirok etib, ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib keldilar.

🚲 Sog‘lom turmush tarzi uchun Sizni ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga va bugungi kunni mashinasiz harakat qilishga chaqiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube