TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.15K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.51K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun😄Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🪙 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MA’LUMOT

🔷 Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🔷 Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

🔷 Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  8-13-aprel kunlari  jami  1 215 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
TURAR JOYNING MAYDONI TO'G'RISIDA MA'LUMOTNOMA OLISH

🔷 My.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔷 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

🔷 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qarori

🔷 Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar #Uchtepa
BIZNING MANZILLAR: UCHTEPA TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Uchtepa tumani filiali.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil: Uchtepa tumani, 15-mavze 12-uy.

📍 Lokatsiya.

☎️ Murojaat uchun telefon: (+99871) 274-58-14.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

◻️ Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Hokimiyat va kadastr “Yashil makon”ga qarshimi?” sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?


📊 2024-yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi).

2024-yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda.

🏙 Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi

🛤 Qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 “22-aprel — Xalqaro yer kuni” munosabati bilan joriy yil 16-17-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

😄 Ushbu konferensiyada mazkur Universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlari, Qo‘mita raislari hamda hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, shu jumladan 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev ham ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_tadbiri
📣 DIQQAT, EʼLON 📣

📆 “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 19-aprel kuni soat 11:00 da Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi majlislar zalida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tadi.

💻 Unda mas’ullar tomonidan kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari, “E-yer nazorat” hamda “Uzkad” dasturlarining afzalliklari, Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi haqida ma’lumot beriladi.

🔶 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📲 Matbuot anjumanida ishtirok etish uchun +99 007-23-55 telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishingiz soʻraladi.

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.

📍 Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🧊 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🏢 Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🗺 Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari;

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Hokimiyat va kadastr “Yashil makon”ga qarshimi?” sarlavhasi ostida, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Katta Jarariq MFY, 320-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir qismi auksionda sotib yuborilibdi mazmunidagi murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, ochiq auksionga chiqariladigan bo‘sh yer maydonlarini materiallarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, kelishish yoki rad etish faqat hokimiyat va kadastr idoralarigina emas, balki Qurilish, favqulodda vaziyatlar, barcha kommunal sohalar, sanitariya-epidemiologiya, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi hamda barcha mutasaddi tashkilotlarining ijobiy xulosalari olingandan so‘nggina auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.

◻️ Yuqoridagi qaror talablariga asosan, Katta Jarariq MFY, 320-sonli maktab hududining 0,16 ga bo‘sh yer maydonini auksionga chiqarish bo‘yicha tegishli materiallar tayyorlanib “Yer-elektron” axborot almashuv tizimiga kiritilgan hamda belgilangan tartibda kelishishi lozim bo‘lgan mas’ul tashkilotlarning ijobiy xulosalariga asosan, ushbu yer maydoni ochiq auksion savdolariga chiqarilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Butunjahon_yer_kuni #onlayn_viktorina
DIQQAT, E’LON!

🌏 22-aprel - “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 18-aprel kuni soat 15:00 da Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining telegram platformasi orqali “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida onlayn viktorina o‘tkaziladi.

🎁 Savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

💻 Marhamat, Siz ham ushbu onlayn viktorinada faol qatnashib, o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing. Barchaga omad yor bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube