TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #9_aprel_temuriylar #tadbir
“TEMUR TUZUKLARI” – MUHIM TARIXIY-HUQUQIY MANBA

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda yig‘ilganlar e’tiboriga Amir Temur siymosi, “Temur tuzuklari” asarining yaratilish tarixi, tarbiyaviy ahamiyati haqida hikoya qiluvchi maxsus videorolik namoyish etildi.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, yer munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

🔷 Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar davlat xizmatchilari o‘rtasida ulug‘ ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli, dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, qoldirgan boy merosini oʻrganishga yanada rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muhim_sana #Temurga_ehtirom
BUGUN SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

📖 Qutlugʻ sana munosabati bilan sohibqiron Amir Temurning hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan oʻgitlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:

📝 Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

📝 Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

📝 Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.

📝 Chin do‘st uldirki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.

📝 Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

📝 Adl-u ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.

📝 Davlat — lashkarlar-u fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir.

📝 Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikada davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer maydonlari statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir turli xil statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 UZKAD dasturida elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalarining 2024 yil, 1-aprel holatiga jami:

▪️Soni: 7 811 592
▪️Maydoni: 42 750 707 gektar

◼️Batafsil mazkur infografika orqali Respublikamizdagi Yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

📊 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tadbir #Ramazon_hayiti
RAMAZON HAYITI – BAG‘RIKENGLIK, MEHR-OQIBAT VA EZGULIK BAYRAMI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🇺🇿 Unda diyorimizda ma’naviy qadriyatlar yuksalishi yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etilib, Ramazon hayiti bayramining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

🌙 Qayd etilganidek, Ramazon hayiti – xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutib, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini o‘zida yaqqol ifoda etadi.

🎁 Bu kunda yaqinlarimizni yo‘qlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish Ramazon hayiti bayramining go‘zal jihatlaridandir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tabrik #muhim_sana #Ramazon_hayiti
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

🌙 Insonparvarlik, sabr-qanoat, xayr-u saxovat va ezgulik bayrami – Ramazon hayiti xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda keng nishonlanyapti.

🇺🇿 Yurtdoshlarmiz kayfiyatida bugungi tinchlik-xotirjamlik, to‘kin-sochinlikka shukronalik, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi namoyon.

🏢 Qalblarimiz quvonch va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli damlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

💐 Ushbu qutlug‘ ayyom shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yaqin tarixga nazar


🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

⚪️ Asr osha o'zgarmagan "Navbahor" an'anaviy o'zbek choyxonasi poytaxtda joylashgan.

📹 Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Oqtepa” massividagi noqonuniy qurilayotgan ko‘p qavatli uyni rahbarlar bilarmikan?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Nurafshon aylanma koʻchasi manzilida joylashgan 0,06 ga (600 kv.m.) yer maydoni, Toshkent shahar hokimining 2017-yil 23-iyundagi qarori bilan “D.M” xususiy korxonasiga “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish” binosi qurish uchun doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

◻️ Mazkur qarorga asosan, ushbu yer maydoniga “D.M” xususiy korxonasi nomiga kadastr yigʻmajildi shakllantirilgan boʻlib, 0,06 ga (600 kv.m.) yer maydoni doimiy foydalanish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◻️ Bugungi kunga qadar ushbu obyektga nisbatan turar joy sifatida kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

◻️ Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan tegishli maʼmuriy reglamentlar talablariga muvofiq, mavjud obyektlarni qayta taʼmirlash, qurish hamda qayta ixtisoslashtirish ishlariga ruxsat berish, shuningdek ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish ishlarini nazorat qilish vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Qo‘shimcha qurilish deganda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan bo‘sh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube