TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #seminar #texnika
ZAMONAVIY GEODEZIK O‘LCHOV USKUNALARIDAN FOYDALANISH

🔷 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan DKPning Toshkent shahar boshqarmasi uchun berilgan jami 14 ta zamonaviy, yangi avlod o‘lchov vositalaridan foydalanishni o‘rgatish maqsadida boshqarmaning tuman filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🔷 Seminar Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi bo‘lim boshlig‘i X.Allayev, Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘.Alimov hamda boshqarmaning Topografiya ishlari sho‘basi boshlig‘i A.Qulmuhamedovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔷 E'tiborlisi, ushbu texnik vositalar ishlash quvvatining ko‘p vaqtga yetishi, har qanday ob-havo sharoitida va internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlarda ham ishlashi bilan soha xodimlariga qulaylik yaratmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
◾️ Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

◾️ 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

◾️ Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

◾️ Юнусобод туманида 6 минг хонадонли янги уй-жойлар қурилди, 8 мингта янги ўқувчи ўрни ташкил қилинди, 3 та олийгоҳ очилди. Хусусий боғча, мактаб ва шифохоналар сони бўйича ҳам Юнусобод пойтахтдаги етакчи туманлардан бирига айланди.

◾️ Президент пойтахтдаги 12 та туман бир-бири билан туташиб кетгани, уларни иқтисодий чегараси йўқлиги боис тадбиркорларга шароит яратиш ва аҳоли даромадларини ошириш бўйича бошқача ёндашув кераклигини таъкидлади.

◾️ Шундай лойиҳаларни банк филиаллари ўрнида ҳамда давлат ташкилотлари эгаллаб турган 24,5 гектар негизида ҳам амалга ошириш мумкин.

◾️ Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

◾️ Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

◾️ Шунингдек, тумандаги 44 та мактабни ўтган йили 4 минг 400 нафар ўқувчи битирган бўлиб, 1 мингтаси IELTSдан юқори балл олган. Улардан 3,5 мингтаси ёки 78 фоизи олийгоҳларга кирган.

◾️ Йиғилишда Юнусободда ўтказилган бир ҳафта ўрганиш давомида 600 миллион доллар инвестиция жалб қилиш, 35 мингта юқори даромадли иш ўрни яратиш учун имкониятлар аниқлангани қайд этилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi_kurash
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Xabaringiz bor, yaqinda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida IIV mas’ul xodimlari ishtirokida davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etilgan edi.

Mazkur tadbir bir necha OAV e’tiborini o‘ziga jalb qildi va ularda keng yoritildi:

👉 Ochun uz internet nashrida;

👉 Hurfikr uz internet nashrida;

👉 Antikorrupsiya rasmiy kanalining telegram sahifasida;

👉 Antikorrupsiya rasmiy kanalining saytida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

📣 Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

📌 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 212 yoki 206) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yashil_makon
KADASTR XODIMLARI YURT OBODLIGI YO‘LIDA

🌱 Yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ekotizmni yaxshilash, ekologik toza va yashil muhit yaratish, hududlarni yanada obodonlashtirishga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

🌳 Mazkur loyihada Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shaahar boshqarmalari tizimidagi xodimlar ham faol ishtirok etib, yurtimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

🌲 Jumladan, kuni kecha Yashnobod tumanining “Uchchinor” MFY hududida barpo etilgan “shaharcha” ko‘chalariga 200 dona tuya archa ko‘chatlari ekildi.

🌱 Bundan tashqari boshqarma va uning tuman filiallari hududi hamda yo‘l bo‘yi atroflarida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube