TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.16K photos
1.13K videos
6 files
5.56K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sessiya
SESSIYA TAFSILOTLARI OAV NIGOHIDA

🔷 Xabaringiz bor, kuni kecha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 99-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🏢 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev ham so‘zga chiqib, boshqarmaning 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi.

🎥 Poytaxt hokimligida o‘tkazilgan mazkur sessiya tafsilotlari “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali atroflicha yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #seminar #texnika
ZAMONAVIY GEODEZIK O‘LCHOV USKUNALARIDAN FOYDALANISH

🔷 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan DKPning Toshkent shahar boshqarmasi uchun berilgan jami 14 ta zamonaviy, yangi avlod o‘lchov vositalaridan foydalanishni o‘rgatish maqsadida boshqarmaning tuman filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🔷 Seminar Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi bo‘lim boshlig‘i X.Allayev, Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘.Alimov hamda boshqarmaning Topografiya ishlari sho‘basi boshlig‘i A.Qulmuhamedovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔷 E'tiborlisi, ushbu texnik vositalar ishlash quvvatining ko‘p vaqtga yetishi, har qanday ob-havo sharoitida va internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlarda ham ishlashi bilan soha xodimlariga qulaylik yaratmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
◾️ Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

◾️ 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

◾️ Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

◾️ Юнусобод туманида 6 минг хонадонли янги уй-жойлар қурилди, 8 мингта янги ўқувчи ўрни ташкил қилинди, 3 та олийгоҳ очилди. Хусусий боғча, мактаб ва шифохоналар сони бўйича ҳам Юнусобод пойтахтдаги етакчи туманлардан бирига айланди.

◾️ Президент пойтахтдаги 12 та туман бир-бири билан туташиб кетгани, уларни иқтисодий чегараси йўқлиги боис тадбиркорларга шароит яратиш ва аҳоли даромадларини ошириш бўйича бошқача ёндашув кераклигини таъкидлади.

◾️ Шундай лойиҳаларни банк филиаллари ўрнида ҳамда давлат ташкилотлари эгаллаб турган 24,5 гектар негизида ҳам амалга ошириш мумкин.

◾️ Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

◾️ Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

◾️ Шунингдек, тумандаги 44 та мактабни ўтган йили 4 минг 400 нафар ўқувчи битирган бўлиб, 1 мингтаси IELTSдан юқори балл олган. Улардан 3,5 мингтаси ёки 78 фоизи олийгоҳларга кирган.

◾️ Йиғилишда Юнусободда ўтказилган бир ҳафта ўрганиш давомида 600 миллион доллар инвестиция жалб қилиш, 35 мингта юқори даромадли иш ўрни яратиш учун имкониятлар аниқлангани қайд этилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM