TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

⚜️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📁 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

📝 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari Chaqar MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 135 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari"

⚡️Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi.

🌟Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar yig'ilgan jurnalist va OAV vakillariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari,  "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirdilar.

▶️📹Matbuot tadbiri Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirda namoyish etildi.

#DavKadastrPalata  #matbuot_tadbiri

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sessiya #hisobot
SЕSSIYADA KADASTR HISOBOTI TINGLANDI

🔷 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 99-sessiyasi poytaxt hokimligida o‘tkazildi.

🔷 Sessiyada Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, olib borilayotgan qurilish ishlari, maktabgacha va maktab ta’limi kabi o‘nga yaqin masala yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

🔷 Sessiya kun tartibi doirasida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev ham so‘zga chiqdi. Boshqarma boshlig‘i o‘z hisobotida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib, deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

🔷 Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

🔷 Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

➡️Bular:
40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.

📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

✍🏼 Kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga mulk, ijara yoki doimiy foydalanish huquqi mavjud bo‘lgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilgan (zarur bo‘lganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga o‘rnatilgan qurilish tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, garov xatini rasmiylashtirish toʻlov miqdori qancha

📃 Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (425 000 so'm) etib belgilandi.

📄Asos: 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sessiya
SESSIYA TAFSILOTLARI OAV NIGOHIDA

🔷 Xabaringiz bor, kuni kecha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 99-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🏢 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev ham so‘zga chiqib, boshqarmaning 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi.

🎥 Poytaxt hokimligida o‘tkazilgan mazkur sessiya tafsilotlari “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali atroflicha yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM