TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sayyor_qabul #Yashnobod
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔷 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Yashnobod tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

🔷 Qabulda 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
OAV BIZ HAQIMIZDA

💻 NazoratUz internet nashri tahririyati tomonidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Maʼmuriy amaliyot shoʻbasi boshligʻi H.Ochilov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bino-inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Bo‘riboyev ishtirokida suhbat tashkil etildi.

🎙Mutaxassislar muloqot davomida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, kadastrga oid ko‘plab savollarga javob qaytarishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

1️⃣ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

3️⃣ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

4️⃣ yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

5️⃣ ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

6️⃣ ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

7️⃣ o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Forwarded from my.gov.uz
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Mirobod
NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI O‘Z HOLIGA QAYTARILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Afrosiyob MFY, 4-uy manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 120 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi tomonidan mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritilgan.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bayram_tadbiri
KADASTRDA NAVRO‘Z SHUKUHI

💐Goʻzal diyorimizga barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Tinchlik va sogʻliqni ulugʻlaydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navroʻz shukuhi dillarga zavq ulashmoqda.

🏢 Bayram munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💐 Unda so‘zga chiqqanlar Navroʻzi olamning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan o‘rni va taʼsiri haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

🏓 Shuningdek, kadastr xodimlari bayram arafasida stol tennisi, shaxmat-shashka musobaqalarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH

⚜️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

📁 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar).

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

🗞 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #hisobot
KADASTRDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

🔷 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda dastlab poytaxtimizda olib borilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2023-yildagi faoliyatiga oid hisobot tinglandi.

🔷 Shundan so‘ng kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev so‘zga chiqdi.

🔷 Boshqarma boshlig‘i Kadastr agеntligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkеnt shahar boshqarmalari tomonidan 2023-yil davomida kadastr va yer nazorati, aholi murojaatlari, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

🔷 Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube