TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.27K photos
1.15K videos
6 files
5.63K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #umumxalq_xayriya_hashari
OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO‘RKI

💐 Har bir inson o‘z yashash manzili, ish joyini saranjom-sarishta saqlasa, bundan ko‘zlar quvonib, dillar quvonchga to‘ladi. Zero, ozodalik bor joyda qut-baraka, ishning unumi bo‘ladi. Ushbu jihatlar xalqimizning birligi, ahilligini namoyon qiluvchi hashar tadbirida yanada yorqinroq aks etadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining barcha tuman bo‘lim-filiallar xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida uyushqoqlik bilan qatnashdilar.

🌳 Hashar davomida binolar atrofi, xizmat xonalari yana bir bor ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish yumushlari amalga oshirildi. Xususan, hudud atroflari chiqindilardan tozalandi, daraxtlar tartibga keltirilib oqlandi.

🇺🇿 Obodlik avvalo ostonadan boshlanadi. Yurtimiz, mahallalarimiz hududining yanada ko‘rkam, obod va fayzli bo‘lishi uchun har birimiz mas’ulmiz!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
SHAYXONTOHURDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari Zangiota 1-tor koʻchasi, 38-uy manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 342 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydi.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi tomonidan mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritilgan.

Natijada bugungi kunda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #namunali_arxiv
POYTAXTDAGI NAMUNALI ARXIV

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi N.Joʻrayevaning “Poytaxtdagi namunali arxiv” nomli maqolasi hudud24uz saytida e’lon qilindi.

👉 Batafsil: hudud24.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar #Mirzo_Ulug_bek
BIZNING MANZILLAR: MIRZO ULUG‘BEK TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Mirzo Ulug‘bek tumani filiali.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📌 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahillik ko‘chasi 3-uy.

📍 Lokatsiya.

☎️ Murojaat uchun telefon: (+99871) 286-23-01.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha "dom"lar bor?


🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir qiziqarli yillik statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

▪️Ko'p qavatli uylar soni : 45 208 ta va ulardagi
▪️Xonadonlar soni: 1 512 392 tani tashkil etmoqda.

📊Batafsil ushbu videoinfografika orqali Respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Mirobod
TUSHUNTIRISH ISHLARI SAMARA BERDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish borasidagi zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Mirobod tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Sharof Rashidov MFY, T.Shevchenko ko‘chasi manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 90 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan.

📝 Shundan soʻng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #namunali_arxiv
POYTAXTDAGI NAMUNALI ARXIV OAV E’TIBORIDA

🏢 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani filialidagi namunali arxiv nafaqat hujjatlarni xavfsiz saqlash, balki fuqarolarning uy-joy va yer mulklariga doir ma’lumotlarini ishonchli himoya qilishni ham ta’minlamoqda.

📝 Ushbu namunali arxiv bilan bog‘liq boshqa muhim ma’lumotlar bir necha OAVlarda keng yoritildi:

👉 Hudud24.uz rasmiy veb-saytida:

👉 Ochun.uz rasmiy veb-saytida:

👉 Sergeli tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, ⌛️ lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yashnobod
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔷 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Yashnobod tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

🔷 Qabulda 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube