TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.09K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Hurmatli fuqarolar!

Yakkasaroy tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yakkasaroy tuman hokimligining tuman hududidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy”, “Muhandislar”, “Rakatboshi”, “Qushbegi”, “Dilbuloq” mahallalari hududida joylashgan 5 ta nomsiz ko‘chani nomlash va 1 ta nomi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ko‘chani qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida bildirishni taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected] elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 26-fevral kunidan 11-mart kuniga qadar bildirishi mumkin.
Уважаемые граждане!

Предлагается назвать и переименовать некоторые улицы Яккасарайского района


В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимията Яккасарайского района по присвоению наименований и переименованию некоторых улиц.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований 5 безымянным улицам и переименовании 1 улицы в махаллях “Яккасарай”, “Мухандислар”, “Ракатбоши”, “Кушбеги”, “Дилбулок” на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, проспект Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected]

Жители столицы могут выразить своё мнение с 26 февраля
по 11 марта текущего года.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #E_yer_nazorat_AAT #yangilik
ENDI KADASTR INSPEKTORLARI MAXSUS PLANSHET VA BODY KAMERA BILAN ISHLAYDI

🔷 Kadastr inspektorlari korrupsiyaga qo‘l urolmaydi, chunki Planshet va Body kamera hammasini nazorat qiladi.

🔷 Kadastr agentligi tomonidan "E-yer nazorat" AAT dasturi ishlab chiqildi. Unda yer qonunbuzarlik holatlar kosmik syemkalar orqali nazorat qilinadi.

🔷 Qonunbuzarlik aniqlanib bartaraf etilmagungacha bo‘lgan jarayon ortiqcha qog‘ozlarsiz dasturda yuritiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

HURMATLI FUQAROLAR!


🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga yoki ☎️ (71) 233-14-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikada davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer maydonlari statistikasi


🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir turli xil statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 UZKAD dasturida elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalarining 2024 yil, 1-fevral holatiga jami:

▪️Soni: 7 760 630
▪️Maydoni: 42 889,4 ming gektar

🫥 Batafsil mazkur infografika orqali Respublikamizdagi Yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга Тошкент шаҳрида саноат ва хизмат кўрсатиш соҳалари ҳамда инфратузилмани ривожлантириш бўйича ҳужжатлар лойиҳалари юзасидан ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены проекты документов, направленных на развитие промышленности и сферы услуг, а также инфраструктуры в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #infratuzilma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

‼️ Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yashab turgan hududingiz yer maydoni qancha ekanligini bilasizmi?


🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir turli xil statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 Navbatdagi infografikada O‘zbekiston Respublikasi jami yer maydonlarining 2024-yil, 1-fevral holatiga hududlar kesimida qanday taqsimlanganini bilib olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan qanday huquq yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak?

Javob: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

👉 mulk huquqi, doimiy egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish huquqi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, ijara huquqi, ikkilamchi ijara huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi, bepul foydalanish huquqi, renta, ipoteka, servitut, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #uzKAD
YER HISOBINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI

💠Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🧊 Unda boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi mas'ullari tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам увеличения использования возобновляемых источников энергии.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #qaytatiklanuvchimanbalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr #bizning_manzillar #Shayxontohur
BIZNING MANZILLAR: SHAYXONTOHUR TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Shayxontohur tumani filiali

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil:
Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 14a uy.

📍Lokatsiya.

☎️ Murojaat uchun telefon:
(+99871) 241-14-38.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Turarjoy maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani
my.gov.uz portalidan oling

🫥 My.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

📃Arizani dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, istalgan kunda, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin.

✅️Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, hech qanday hujjat ham talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

✍️ Fuqaroga tegishli turar joyning maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridan elektron shaklda ko'chmas mulkning kadastr raqami orqali tekshiriladi.

🔂Xizmatdan foydalanish juda oson va qulay!

#DavKadastrPalata #DXM_dagi_xizmatlarimiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
SAYYOR QABULDA MUROJAATLAR HAL ETILDI

🔷 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Unda o‘ndan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube