TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.37K photos
1.19K videos
6 files
5.72K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

🅰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabrdagi qaroriga muvofiq “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani ortiqcha ovvoragarchiliksiz olish imkoniyatiga ega.

😄Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

❗️Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

#kadastr #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔷 Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Кўксарой қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таклифига биноан мамлакатимизда расмий ташриф билан бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенкони расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В резиденции «Куксарой» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко, пребывающего в нашей стране с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇬🇧Britaniyaning Yer reyestri xizmati o‘rtasida qator kelishuvlar bo'lib o'tdi.

▶️Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

#oav_biz_haqimizda #xalqaro_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Yunusobod
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘LIDA

⬜️ Korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimdir.

🏢 Shu maqsadda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi shunday tadbir Yunusobod tumanida tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🔷 Shuningdek, tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada yutuqlarga yetaklovchi muhim jihatlar ekanligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#muhim_sana #Navoiyga_ehtirom
9-FEVRAL - HAZRAT NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN

📝 Mamlakatimizda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi keng nishonlanmoqda.

📖 Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy ikki tilda – turkiy va forsiyda ijod qilgan. U fors tilini shirinlikka qiyoslasa, turkiy tildagi ijodini oltin, durga oʻxshatadi. Navoiy ijodi hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli hisoblanadi.

📚 Jumladan, bugun ham dolzarb boʻlgan tinchlik, adolat, inson huquqlari, ayollarga hurmat va ehtirom, tabiat va atrof-muhit muhofazasi hamda boshqa jabhalardagi mavzular uning asarlarida oʻz ifodasini topgan. Shuning uchun ham hazrat Navoiy asarlarini oʻqish, oʻrganish muhimdir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #anons #ochiq_muloqot #radio
KADASTRCHILAR RADIO MEHMONI

📻 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i A.Zohidov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani filiali boshlig‘i I.Saidrasulev ishtirokida “Oʻzbekiston” radiokanali jonli efirida ochiq muloqot tashkil etiladi.

🎙 Mutaxassislar “Shu kunning mavzusi” eshitirishida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, tinglovchilarning kadastrga oid savollariga javob qaytarishadi.

🕰 Siz ushbu dasturni FM 103.1 toʻlqinida soat 12:00 dan boshlab tinglashingiz, ☎️ (71) 286-31-32, 233-92-04 telefon raqamlari orqali oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟 Kadastr agentligi tomonidan xarid qilingan Tecnam samolyoti va Leica DMC-III aerokamerasidan foydalanib 62 388,1 kv. km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi, 35 208,1 kv. km. maydonga O‘zbekkosmos agentligidan kosmik suratlar olindi. Ushbu aero va kosmik suratlarni joylarda 5 675 ta planli va balandli bog‘lash orqali, 91 500 kv. km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi. Shuningdek, 60 400 kv. km maydonda topografik xaritalarni yangilash va 49 800 kv. km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi.

😄Shu bilan 596 km uzunlikda nivelirlash ishlari va 154 ta punktda geodezik o‘lchov ishlari bajarildi.

▶️Batafsil: Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi boshlig‘i-I. Ergeshov intervyusida.

#kadastr #video_hisobot

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM