TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.26K photos
1.14K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

HURMATLI FUQAROLAR!


🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga yoki ☎️ (71) 233-14-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖥Poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ma'lumot

Maʼlumki, ayni paytda Toshkent shahrida aholi farovonligini oshirish, jumladan, kommunal va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, yoʻllarning qulayligi va xavfsizligini oshirish, sogʻlom turmush tarzi, faol hordiq chiqarish va dam olishi uchun shart-sharoit yaratish boʻyicha faol ishlar amalga oshirilmoqda. Maqsad - Toshkentni hamma uchun qulay muhitga aylantirish.

👉 Batafsil

🖥Информация для жителей и гостей столицы

Известно, что в настоящее время в Ташкенте ведётся активная работа по повышению уровня благополучия населения, в том числе, путем улучшения коммунальной и дорожной инфраструктуры, повышения удобства и безопасности дорог, создания условий для здорового образа жизни, активного времяпровождения и досуга граждан. Цель – превратить Ташкент в комфортную среду для всех — от самых маленьких до самых старших.

👉 Подробно

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi;

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🌟 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🏙 ko'p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

1️⃣ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

3️⃣ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

4️⃣ yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

5️⃣ ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

6️⃣ ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

7️⃣ o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

📣 Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

📌 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 212 yoki 206) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

🅰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabrdagi qaroriga muvofiq “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani ortiqcha ovvoragarchiliksiz olish imkoniyatiga ega.

😄Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

❗️Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

#kadastr #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔷 Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Кўксарой қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таклифига биноан мамлакатимизда расмий ташриф билан бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенкони расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В резиденции «Куксарой» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко, пребывающего в нашей стране с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇬🇧Britaniyaning Yer reyestri xizmati o‘rtasida qator kelishuvlar bo'lib o'tdi.

▶️Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

#oav_biz_haqimizda #xalqaro_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM