TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Mazkur infografika orqali 2023 yil davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📊 Jami kelib tushgan takliflar: 49 039 ta

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

💻 Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaat qilish tartibi

💸 Davlat hokimiyati organlari, korxona va  tashkilotlarning ochiqlik va shaffoflik bilan ish yuritishi hozirgi kunda davr talabiga aylangan.

◼️Shu o‘rinda murojaatlarning tartibi va talablari ham qonunchilikda belgilab berilganligini qayd etish lozim.

🌟Davlat kadastrlari palatasiga bo‘ladigan har qanday murojaatlarning tartibi bilan Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #kadastr_pasporti
2023-YILDA QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 📊2023-yil davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir
BOZOR VA UNGA TUTASH HUDUDDAGI NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

🔷 Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularni sanitariya-gigiyena hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozorida ham rekonstruksiya ishlari rejalashtirilgan.

🏢 Mazkur jarayonda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari bozor va unga tutash hududdagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlarini olib bormoqda.

📝 Ana shunday oʻrganishlarda tadbirkorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallangan 25,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

Shundan soʻng olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida mazkur noqonuniy qurilmaning tadbirkor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

HURMATLI FUQAROLAR!


🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga yoki ☎️ (71) 233-14-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun asos bo‘ladi?

Javob: Kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

👉 yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi;

👉 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

👉 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

🔰 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Matbuot xizmati statistikasi

💸 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limlari tizimga oid eng muhim xabar va yangiliklarni keng ommaga muntazam ravishda yoritib kelishda davom etmoqda.

📊 Ushbu infografika orqali Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari Jamaoatchilik bilan aloqalar bo'limlari faoliyatining 2023-yil davomidagi ko'rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata  #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
TUSHUNTIRISH ISHLARI SAMARA BЕRDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Beltepa MFY, Beltepa 8-tor ko‘chasi 16-uydagi o‘zboshimchalik bilan egallangan 240,00 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich
OʻZBEKISTONDA DOIMIY AHOLI SONI QANCHA?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.

📊 Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga koʻpaygan.

↗️ O‘tgan yilning har bir oyida Oʻzbekiston aholisi oʻrtacha 64,6 ming kishiga oshgan.

🚺🚹 Doimiy aholi tarkibidagi ayollar soni 18 274 745 nafarni, erkaklar esa 18 525 011 nafarni tashkil qiladi.

↗️ 2024-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga koʻp.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati murojaat va savollaringizga ushbu aloqa markazi orqali javob berishda davom etmoda!

☎️ (71) 207 00 03 telefon raqamlari orqali siz:

🔸Davlat kadastrlari palatasining kanselyariya;
🔸Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
🔸Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limlari mutahassislariga mazkur telefon raqamlari orqali ulanish imkoniyatiga egasiz.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #murojaatlar
MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 📊2023-yil davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Sergeli
KADASTR XIZMATI – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🇺🇿 Ma’lumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqimiz kundalik hayotida o‘z ifodasini topishiga erishish, odamlarni rozi qilish – davlat idoralari faoliyatining ustuvor maqsadi hisoblanadi.

🏢 Shunga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida zarur ishlar tashkil etilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani filiali mutaxassislari “Yuqori darxon”, “Uchuvchilar”, “Qut-baraka”, “Nomdanak” hamda “Nog‘oy qo‘rg‘on” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

❇️ Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube