TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.21K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
O‘YLAMAY QILINGAN ISH – KELTIRAR TASHVISH

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Labzak MFY, Anhor bo‘yi oldidagi o‘zboshimchalik bilan egallangan 30,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

◼️So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
- pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);
- ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
- yashash manzili;
- elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
- obyekt joylashgan manzil;
- ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

🫥 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa):

◼️Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) va yashash manzili.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #tumanlar
TOSHKENT SHAHRI AHOLISINING HUDUDLAR KESIMIDA TAQSIMLANISHI

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga poytaxtimizda doimiy aholi soni 3 020,5 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 64,1 ming kishiga o‘sdi.

🔷 Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:

1️⃣ Olmazor tumani – 402,3 ming kishi

2️⃣ Yunusobod tumani – 373,9 ming kishi

3️⃣ Shayxontohur tumani – 364,3 ming kishi

4️⃣ Mirzo Ulug‘bek tumani – 329,2 ming kishi

5️⃣ Uchtepa tumani – 298,1 ming kishi

6️⃣ Yashnobod tumani – 297,6 ming kishi

7️⃣ Chilonzor tumani – 274,5 ming kishi.

8️⃣ Yangihayot tumani – 171,0 ming kishi

9️⃣ Sergeli tumani – 166,7 ming kishi

🔟 Mirobod tumani – 151,7 ming kishi

1️⃣1️⃣ Yakkasaroy tumani – 132,1 ming kishi

1️⃣2️⃣ Bektemir tumani – 59,1 ming kishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

🫥 Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklariga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollarga aniq javob berish maqsadida tashkil etilgan "Bilishingiz muhim" loyihasining navbatdagi soni e'tiboringizda.

Savol: Yerga yoki binoga egalik huquqini olib bera olasizmi? - deya murojaat qilishadi.

▶️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Sergeli
YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish borasida zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida Nurhayot MFY, Sergeli 4-mavzesi, 16- va 18-uylar oralig‘ida o‘zboshimchalik bilan egallangan 100,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan.

📝 Holat yuzasidan qonunchilikka asosan fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

Bugungi kunda fuqaro tomonidan mazkur noqonuniy qurilma bartaraf etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastrda aksiya bo'larmush

Xalqimiz orasida bugungi kunda keng tarqalayotgan ushbu mish-mishlarga 📹 Milliy telekanalining Millar teleloyihasi orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
XODIMLARNING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

🏢 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

🔷 Bugungi seminar mashg‘ulotida boshqarmaning Bektemir, Olmazor, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod tuman bo‘lim xodimlari qatnashdi.

🔷 Unda boshqarma bosh yuristkonsulti F.Mahmudov tomonidan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2021 yildagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 728-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qarori mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuncha berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
[ Альбом ]
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏆🏆🏆

🌟Kadastr agentligi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

🫥 Joriy yilning 15-dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟥 Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 23 ta vazirlik va idora qatnashdi.

🌟Kadastr agentligi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 🪙12 mln 500 ming so‘m pul mukofoti hamda 4 mln so‘mlik book📚kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida Shayxontohur tumanida joylashgan “Kamolon kabob markazi“ rahbarining videomurojaati e’lon qilindi. Murojaat muallifining so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan mazkur manzildagi bo‘sh yotgan tashlandiq yer tadbirkorlik uchun hech qanday xat-hujjatlarsiz ajratib berilganligi, kredit mablag‘lari hisobiga kabob markazi barpo qilganligi va hozirgi kunda sud qaroriga ko‘ra majburiy tartibda buzilayotganligini ma’lum qilgan.

⬜️ Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Shayxontohur tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan, tumanning Qozirobod 1-tor ko‘chasi, 61b-uy atrofida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirida fuqaro B.Y. o‘ziga huquqiy hujjatlarga asosan tegishli bo‘lgan 240 kv.m yer maydonidan tashqari 70 kv.m. yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi va noqonuniy qurilish qilinganligi aniqlangan.

⬜️ Shuningdek, ushbu qurilish uchun vakolatli organlardan hech qanday ruxsatnoma olmaganligi sababli tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini va unda qurilgan noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq, fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli, unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilingan. Sud tomonidan da’vo talablari to‘liq qanoatlantirilib, qayd etilgan noqonuniy qurilmalarni buzish hamda yer maydonini bo‘shatish yuzasidan qaror qabul qilingan.

⬜️ Bugungi kunda sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganligi sababli, Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limi tomonidan mazkur qarorni majburiy ijro etish choralari ko‘rilmoqda.

⬜️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, videomurojaatda “Kamolon kabob markazi“ to‘liq majburiy tartibda buzilmoqda deb aytilgan fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki faqatgina o‘zboshimchalik bilan egallab olingan davlat zaxirasidagi 70 kv.m. yer maydonidagi noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzilishi sud qarorida qayd etilgan va ijroga qaratilgan.

⬜️ Noqonuniy egallangan 70 kv.m. yer maydonidagi qurilmaning belgilangan tartibda majburiy buzilishi hujjatlarda keltirilgan bo‘lsa-da, murojaat muallifi butun bir tadbirkorlik subyektining buzilayotganini iddao qilmoqda. Bu esa “pashshadan fil yasash” bilan teng xolos. Aslida “Kamolon kabob markazi“ qonun hujjatlariga ko‘ra 240 kv.m. yer maydonida o‘z faoliyatini olib borishiga qonunchilikda hech qanday to‘siqlar mavjud emas.

⬜️ Xulosa o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar talablariga rioya qilib faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkor hamda fuqarolar davlat himoyasida. Qonun talablaridan chetga chiqish esa e’lon qilingan videomurojaatdagi kabi ortiqcha muammo va dilxiraliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


🫥 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

📆 Imtihon kuni: 2023-yil, 21-dekabr,
🏪 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

⬇️ Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📱 Imtihoni jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Malaka imtihonida 40 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM