TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.1K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI

🔷 "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida tadbir o‘tkazildi.

🔷 Unda dastlab Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tizimda korrupsiyaning oldini olish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

🔷 DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov tomonidan soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan tegishli koʻrsatma berildi.

🔷 Muloqot davomida namoyish etilgan korrupsiyaning naqadar xavfli illatligini ko‘rsatuvchi real voqealarga asoslangan film taqdimoti barchani yana bir bor hushyorlikka chorladi.
Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi
respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: noyabr, 2023-yil

▫️ Noyabr oyi oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 58 302 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
#Kadastr #e_lon
📣 DIQQAT, E’LON 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

⬜️ Ma’lumki, ipoteka va garov shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda notarial taqiqlarni yechish xizmati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani filiali binosida ko‘rsatib kelinayotgan edi.

⬜️ Joriy yilning dekabr oyidan boshlab esa mazkur xizmat bevosita Boshqarma binosining o‘zida ko‘rsatilmoqda.

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY ko‘chasi, 9-uy.

📌 Mo‘ljal: “Toshkent” metro bekati, Temir yo‘l texnikasi muzeyining orqa tarafi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+99871) 231-68-51.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
MIROBOD TUMANI AHOLISIGA KO‘RSATILGAN KADASTR XIZMATLARI

📊 Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida Mirobod tumani aholisidan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 2 952 ta ariza kelib tushgan. Shundan 2 082 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirib berilgan.

👉 Bu haqida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod tumani filiali boshlig‘i Lazizxon Rustamov Ochun.uz internet nashri muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

💻 Batafsil: Ochun.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligiga 2023-yil 1-dekabr holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

‼️ Kadastr agentligiga:

🖥 [email protected] elektron pochtasi orqali;
💻 kadastr.uz rasmiy veb-sayti orqali;
📞1097 ishonch telefoni orqali;
🌟 Kadastr agentligi binosi Toshkent shahri, Chilozor tumani, “M” mavzesi, 6-“v” uy manziliga kelib murojaat qoldirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_pasporti #infografika
QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 11 oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #konstitutsiya #tadbir
KONSTITUTSIYA – ISLOHOTLAR VA IMKONIYATLAR ASOSI

🏢 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔷 Tadbir avvalida DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov barchani bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

🔷 Shundan so‘ng Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sunnat Hakimov tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #qutlov #konstitutsiya
8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI

📖 Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni hayotimiz bosh qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

🔷 Ushbu qutlug‘ sanada Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ko‘tarinki kayfiyat, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.

🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#dron_shou

🟢Bugun, 7-dekabr kuni Toshkent shahridagi "Yangi O'zbekiston bog'ida 👌 dronlar shousi boʻlib oʻtdi!

👌Dronlar shousi 8-dekabr 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan o'tkazildi.


🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun


🇺🇿 🌏 Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Konstitutsiya bergan huquq va imkoniyatlar tufayli hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qoʻlga kiritildi. Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan bosh qomusimiz bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi.

📖 Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

🇺🇿 Konstitutsiya inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni ko'rsatadi. Shu munosabati bilan, barcha O'zbek xalqini ulugʻ tarixiy sana - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, farovon, Mustaqil Vatanimizda xalqimizning qadr-qimmati va sha'ni doimo yuksak bo'lishiga tilakdoshman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish hamda sohani raqamlashtirish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🎥 Bu haqda 🇺🇿“O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev bilan intervyu tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube