TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.26K photos
1.14K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
XODIMLARNING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

🔷 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘quv seminarida Mirobod, Sergeli, Yangihayot, Yakkasaroy, Yashnobod tuman bo‘lim xodimlari qatnashdi.

🔷 Boshqarma bosh yuristkonsulti F.Mahmudov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 183-son qarori mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.

🔷 Bunday huquqiy soatlarning izchil o‘tkazilishi xodimlarning huquqiy ong va madaniyatlarini yuksaltirish, sohaga oid bilimlarni yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг ноябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟥🟥🟥

🌟Kadastr agentligiga malaka oshirish maqsadida hujjat topshirgan oliy o‘quv yurti bitiruvchilari diqqatiga❗️❗️❗️

🔵Avval xabar berganimizdek Kadastr sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish hamda kelgusida 🌟Kadastr agentligi tizimini bilimli yosh kadrlar bilan toʻldirib borilishini taʼminlash maqsadida 11 nafar hujjat topshirgan oliy o‘quv yurti talabalaridan malaka talablari asosida saralash bosqichidan o‘tgan 5 nafar 4-bosqich talabalar Agentlik tomonidan 2023-yil 5-dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji binosida o‘tkaziladigan test sinoviga taklif etiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir
YER NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida Zabardast MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonining foydalanish ahvoli joyiga chiqib o‘rganilganida mazkur yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlangan.

🔷 Yuqoridagi holat yuzasidan qonunchilikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Kadastr agentligining “Yerlardan maqsadli foydalanish va davlat kadastrlarini yuritish sohasida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi tartib asosida to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #infografika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

📊 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

📣 Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

📌 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 212) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #malaka_oshirish
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZUVCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH TARTIBI

🔷 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

🔷 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har uch yilda kamida bir marta oshiriladi.

🔷 Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube