TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.1K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yakkasaroy tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

🗓 Kuni: 2023-yil, 10-noyabr, soat 10:00 dan.

📲 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 231-68-51 (ichki raqam 212).

📍Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasi, 29-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati
NOQONUNIY ISH – KЕLTIRAR TASHVISH

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

📝 O‘rganish natijalari mazkur videoreportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ Bugun NazoratUz telegram kanalida “Toshkent shahri Davlat Kadastr Palatasi xodimlarini nazorat qiladigan ma’sullar bormi?” sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kadastr_pasporti #infografika
QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

✍🏼 Kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga mulk, ijara yoki doimiy foydalanish huquqi mavjud bo‘lgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilgan (zarur bo‘lganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga o‘rnatilgan qurilish tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📄Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi

📩Murojaatlar qabul qilinadi:

😄 Davlat xizmatlari markazi;
🌐 YIDXPmy.gov.uz orqali;

📃 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

🔑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

🪙 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: (BHMning 1,5 baravari)

🪙 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun my.gov.uz orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Xizmatdan foydalanish - https://my.gov.uz/oz/service/219

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

💻 NazoratUz telegram kanalida “Toshkent shahri Davlat Kadastr Palatasi xodimlarini nazorat qiladigan ma’sullar bormi?” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

🎞 Batafsil mazkur videoreportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #qurilish
TOSHKENT SHAHRIDAGI QURILISH ISHLARI

📊 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida jami 26,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

🏗 Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 29,2 foizni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 61,7 foizni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 9,1 foizni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

◻️ Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Yunusobod 13-daha aholisi bong urmoqda: bu yerda qabristonga taqab aholi uchun turarjoylar qurilmoqda” sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #yoshlar

🌟 Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar to'g'risida ma'lumot Infografika ko'rinishida.

📊 Eng ko'p yoshlar Toshkent viloyati hisobiga to'g'ri kelib 270 nafarni, eng kam yoshlar esa Sirdaryo viloyatida 97 nafarni tashkil qiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #bekatlar
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan umumiy foydalanishga moʻljallangan bekatlar muntazam oʻrganib kelinmoqda.

🎥 Ayni mavzuga oid lavha “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida efirga uzatildi.

🎙 Unda Boshqarmaning Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i Javohir Qodirov hamda Sergeli tumani bo‘limi bosh inspektori Nodirbek Azimov telekanal muxbiriga intervyu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Yunusobod 13-daha aholisi bong urmoqda: bu yerda qabristonga taqab aholi uchun turarjoylar qurilmoqda” sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumani, 13-mavzeda joylashgan 17-sonli avtoturargoh obyekti birlamchi hujjatlarga ko‘ra avval Toshkent shahar hokimining 2008-yil 30-apreldagi qaroriga asosan “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga 0.25 ga yer maydoni avtomobillarni saqlash joyi tashkil etish uchun ajratib berilgan va 2013-yil 23-yanvarda “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga egallab turgan 3255.0 kv.m. yer maydoniga inventar kadastr hujjatlari shakllantirib berilgan.

⬜️ 2020-yil 7-dekabrdagi dalolatnomaga asosan maydoni 1146.0 kv.m. ga teng ikkita bino va ikkita inshoot foydalanishga qabul qilingan va 2020-yil 9-dekabrda “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga mulk huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

⬜️ Chilonzor tumani xususiy notarial idorasi tomonidan 2020-yil 16-dekabrda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan yuqoridagi bino-inshootlar “SOUTH LAND” MCHJga o‘tadi va 2020-yil 21-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

‼️ Ma'lumot uchun: qurilishga ruxsat berish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmasligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TGAN OBYEKTLAR STATISTIKASI

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovasiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM