TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.21K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
XODIMLARNING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

📝 “Ma'muriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma yuritish” mavzusida tashkil etilgan bugungi seminarda Bektemir, Olmazor, Mirobod, Yangihayot hamda Yunusobod tuman bo‘lim xodimlari qatnashdi.

🔷 Boshqarma Ma’muriy amaliyot sho‘basi boshlig‘i H.Ochilov hamda bosh yuristkonsult F.Mahmudov tomonidan mavzuga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

⬜️ Jonli muloqot tarzidagi o‘quv soatida tinglovchilar mavzuga tegishli hamda soha faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident

Туркий давлатлар ташкилоти Давлатлар раҳбарлари кенгаши йиғилиши доирасида 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга туркий халқлар оиласининг бирлигини мустаҳкамлашга, туркий мамлакатларнинг манфаатлари ва қарашларини халқаро майдонда фаол илгари суришга қўшган улкан ҳиссаси учун юксак мукофот – “Туркий дунёнинг олий ордени”ни тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.

Тадбирда 🇰🇿 Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, 🇦🇿Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев, 🇰🇬 Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров, 🇹🇷 Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған, 🇭🇺 Венгрия Бош вазири Виктор Орбан, 🇹🇲 Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов иштирок этди.

Ташкилот давлатлари раҳбарлари номидан мукофотни Қозоғистон Президенти топширди.


🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaatlar #infografika
MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

📞 Muhim eslatma: Agar Sizda kadastr sohasiga oid murojaat bo‘lsa, DKP Toshkent shahar boshqarmasining (+99871) 231-68-51 orqali 212 ichki raqamiga qoʻngʻiroq qilib, mutaxassislarimizdan javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou #samarkand

⚡️XVI VERONA EVROOSIYO IQTISODIY FORUMIDA DRONLAR SHOUSI O'TKAZILDI.⚡️

⚜️Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Evroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Evroosiyo iqtisodiy forumi o'tkazildi.

📃Mazkur forum biznesni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, tadbirkorlar o'rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

🔰O'nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O'zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o'zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o'rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar delegatsiyalari uchun "Geoinnovatsiya markazi" DUKning malakali mutaxassislari tomonidan DRONLAR SHOUSI o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nogironligi bo‘lganlarga yer sotib olishda xarajatlarni qoplash yangi tartibda amalga oshiriladi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

🫥 Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHM 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

◼️ Nogironligi bor shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalarning yer uchastkasini onlayn-auksion orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi murojaatlari:

- 2024-yil 1-yanvardan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan qabul qilinadi;

- 2024-yil 1-iyuldan shuningdek YaIDXP orqali ham qabul qilinadi.

📃 Murojaatlar bo‘yicha qarorlar elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan tarzda qabul qilinadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yakkasaroy tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

🗓 Kuni: 2023-yil, 10-noyabr, soat 10:00 dan.

📲 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 231-68-51 (ichki raqam 212).

📍Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasi, 29-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati
NOQONUNIY ISH – KЕLTIRAR TASHVISH

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

📝 O‘rganish natijalari mazkur videoreportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ Bugun NazoratUz telegram kanalida “Toshkent shahri Davlat Kadastr Palatasi xodimlarini nazorat qiladigan ma’sullar bormi?” sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kadastr_pasporti #infografika
QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube