TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.29K subscribers
9.88K photos
1.26K videos
6 files
6.08K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ona_tilim_faxrim

Bugun 🌟Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🫥 Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

🫥 Tadbir davomida 🌟Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar faol qatnashib she'r va g'azallar o'qib berishdi. Bundan tashqari taklif qilingan mehmonlar tomonidan berilgan mantiqiy savollarga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ona_tilim_faxrim
ONA TILI – MILLATNING RUHI

📊Ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda olti mingdan ziyod millat va elatlarning jonli tili mavjud bo‘lib, 40 ta tilgina mukammal shakllangan grammatikasiga ega ekan.

🇺🇿Ular ichida turkiy tillar oilasiga mansub O‘zbek tili ham bor.

📊Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Olmazor tumanidagi “Olimpiya” va Miskin mahallalarining bo‘linishi hisobiga tashkil etilayotgan yangi mahallalarni nomlash taklif etilmoqda.

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Olmazor tumani hokimligi tomonidan tuman hududidagi “Olimpiya” va Miskin mahallalarining bo‘linishi hisobiga tashkil etilayotgan yangi mahallalarni nomlash bo‘yicha tayyorlangan takliflar kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4.1-moddasiga muvofiq, kiritilgan takliflarga nisbatan mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini https://geonom.tashkent.uz saytida o‘z fikrini bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda
: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: [email protected] elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 20-oktyabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar bildirishi mumkin.
Уважаемые граждане!

Предлагается дать наименования новым махаллям, образуемым за счет разделения существующих махаллей “Олимпия” и Мискин Алмазарского района.

В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступили предложения от хокимията Алмазарского района по присвоению наименований новым махаллям, образуемым за счет разделения существующих в данном районе махаллей “Олимпия” и Мискин.

В соответствии со ст. 4.1 Закона Республики Узбекистан наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно предложенных предложений на сайте https://geonom.tashkent.uz.
Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);
Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, проспект Ислама Каримова, 51;
В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected]
Жители столицы могут выразить своё мнение с 20 октября по 3 ноября текущего года.
#Kadastr #ona_tilim_faxrim #tadbir
MILLIY OʻZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI

📖
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli!” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatida tizim xodimlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

❇️ O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Ahtamquli Karimov davlat tilining ahamiyatiga to‘xtalib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilganligini ta’kidladi.

📚Shuningdek, tadbir munosabati bilan badiiy adabiyot va sohaga oid kitoblarning savdosi ham tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #ko_chmas_mulk
KOʻCHMAS MULK BILAN BOGʻLIQ XIZMATLAR

📊 2023-yil yanvar-avgust oylarida respublikamizda koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 7 351,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,5 %ni tashkil etdi.

↗️ Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 %ga yetdi.

☑️ Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (52,4 %) hamda Toshkent viloyati (8,3 %) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ona_tilim_faxrim
21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

🇺🇿O‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi.

🏢Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🔹Ona tilini bilish, unga hurmat ko‘rsatish, jahon hamjamiyatida nufuzini oshirish har bir fuqaroning vazifasidir.

🔹Shunday ekan, millatning eng qadrli boyligi bo‘lgan ona tilimizni doimo qadrlaylik, uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shishga intilaylik.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

📱Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaatda fuqaro Yunusobod tumanidagi o‘ziga tegishli xususiy mulki (noturar joy) billing tizimi orqali boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgani tufayli kommunal to‘lovlarni amalga oshira olmayotganini bildiradi.

🏢 Mazkur murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

🖥 Ma’lumki, elektron billing tizimi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yanada rivojlantirish, aholiga zamonaviy va qulay kommunal xizmatlarni amalga oshirish maqsadida joriy etilgan.

🏬 Ko‘p kvartirali uy-joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi kiritib boriluvchi mazkur axborot tizimi Kadastr idoralari faoliyati bilan bog‘liq emas.

👉 Shu sababli murojaat egasining yuqoridagi masala yuzasidan tegishli tijorat bankiga murojaat qilishi maqsadga muvofiqligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #huquqiy_asos
YER TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

👉 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

👉 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

👉 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

👉 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

👉 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

👉 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #ona_tilim_faxrim
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

👉 Mazkur tadbir tafsilotlari quyidagi OAV larda batafsil yoritildi:

◻️ UzA
◻️ Hurfikr.uz
◻️ Ochun.uz
◻️ Oqshom.uz

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube