TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤔 Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

⚙️ Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

📝 Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

◼️Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

💠 BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika
TOSHKENT SHAHRIDA 59,4 % UY XO‘JALIKLARI KO‘P KVARTIRALI UYLARDA YASHAYDI

📊 Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

🏘 alohida uy (xususiy hovli) – 34,7 %;

🏬 ko‘p kvartirali uylar – 59,4 %;

🏗 boshqa turdagi uy-joylar – 5,9 %ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bilasizmi

Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun javobgarlik mavjud.

📔 Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

⭕️Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #davlat_tili #ona_tilim_faxrim
ONA-TILIM – FAXRIM

❇️ “Ona tili – umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir”. ❇️

📝 Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

👌 Hozirgi vaqtda butun Dunyo nigohi qaratilgan Samarqandda DRONLAR SHOUsi bo'lib o'tdi.

🫥 Xabaringiz bor 16–20-oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» da o'tkazilayotgan madaniy tadbirlar davomida🌟 Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda "DRONLAR SHOU"si boʻlib oʻtdi.

💥Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan barcha mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ona_tilim_faxrim #chorlov
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

📝 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Zero, Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi degani. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchamiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
2 254 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 11-18-oktabr oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 12-18-oktabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 15 292 ta
       Shakllantirilgan:  5 291 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ona_tilim_faxrim

Bugun 🌟Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🫥 Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

🫥 Tadbir davomida 🌟Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar faol qatnashib she'r va g'azallar o'qib berishdi. Bundan tashqari taklif qilingan mehmonlar tomonidan berilgan mantiqiy savollarga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM