TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессияси очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sessiya #YNVTO #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

📌 Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa eng muhim vazifalardan.

☑️ Bu kurashda davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligi talab etiladi. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin bo‘ladi.

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga yoki ☎️ (71) 233-14-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

🌐 Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan Yakkasaroy tumani “Meros” MFY, “Cho‘ponota” ko‘chasidagi 48- va 50-uyda yashovchi fuqarolarning murojaati yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Yakkasaroy tumani, Cho‘ponota ko‘chasi 48-uy o‘zboshimchalik bilan qurilgan va uy-joyga foydalanuvchi sifatida fuqaro X.M. nomiga kadastr hujjatlari shakllantirilgan (ushbu hujjat egalik huquqini bermaydi).

◻️ Murojaatda ko‘rsatilgan Cho‘ponota ko‘chasi 50-uy manzilida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyga foydalanuvchi sifatida K.Y. nomiga kadastr hujjatlari shakllantirilgan (ushbu hujjat egalik huquqini bermaydi).

‼️Qo‘shimcha ravishda, videomurojaatdagi fuqarolarning nomiga kadastr idorasi tomonidan hech qanday hujjat tayyorlanmagan.

Agarda murojaat muallifida mazkur uy-joyga nisbatan huquq o‘rnatuvchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda bunday nizoli holat yuz bermagan bo‘lar edi.

Alohida qayd etish joiz, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro standardlarni joriy qilish yo'lida ilk qadam

🌟 Davlat kadastrlari palatasida “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi" va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" xalqaro standartlari asosida ish faoliyatini tashkil qilish va yuritish, mehnat samaradorligini oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiya illatlarining oldini olishda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan.

◼️Bugun esa ushbu integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha tashqi maslahatchi sifatida shartnoma tuzilgan “ALFAKON SYSTEMS” MChJ bilan tashkilotning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov, MCHJ rahbari hamda ishchi guruh a'zolari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishda tuzilgan ishchi guruh a'zolarining vazifalari, ushbu standardlar bo'yicha qo'yilgan talablar va ularni bajarish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo'lga kiritish orqali fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarini oldini olishga erishish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

👉 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤔 Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

⚙️ Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

📝 Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

◼️Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

💠 BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika
TOSHKENT SHAHRIDA 59,4 % UY XO‘JALIKLARI KO‘P KVARTIRALI UYLARDA YASHAYDI

📊 Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

🏘 alohida uy (xususiy hovli) – 34,7 %;

🏬 ko‘p kvartirali uylar – 59,4 %;

🏗 boshqa turdagi uy-joylar – 5,9 %ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bilasizmi

Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun javobgarlik mavjud.

📔 Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

⭕️Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #davlat_tili #ona_tilim_faxrim
ONA-TILIM – FAXRIM

❇️ “Ona tili – umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir”. ❇️

📝 Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

👌 Hozirgi vaqtda butun Dunyo nigohi qaratilgan Samarqandda DRONLAR SHOUsi bo'lib o'tdi.

🫥 Xabaringiz bor 16–20-oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» da o'tkazilayotgan madaniy tadbirlar davomida🌟 Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda "DRONLAR SHOU"si boʻlib oʻtdi.

💥Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan barcha mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ona_tilim_faxrim #chorlov
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

📝 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Zero, Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi degani. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchamiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube