TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari malaka imtihonlari tahlili

🇺🇿Hukumatning tegishli qarorlariga asosan hozirgi kunda kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish istagida bo'lgan talabgorlar tomonidan malaka imtihoni topshirish uchun arizalar elektron tizim orqali ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

💸Yuqoridagi infografika orqali siz joriy yilning 1-oktabr holatiga ko'ra, kadastr muhandislari malaka shahodatnomasini olish haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 5-11-oktabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan:
16 116 ta
Shakllantirilgan: 4 701 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich
TOSHKENT SHAHRINING DEMOGRAFIK KOʻRSATKICHLARI

📊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga Toshkent shahrida doimiy yashovchi aholi soni 3 million 20 ming 5 nafar kishini tashkil qiladi.

Shundan

👨🏻 erkaklar soni – 1 481 009 nafar
👩🏻 ayollar soni – 1 538 006 nafar.

Poytaxt aholisi 1960-yilda 1 mln, 1985-yilda 2 mln. kishini tashkil qilgan.

💠 Ayni paytda mamlakatimiz bosh shahrida yashab, o‘qib, ishlayotgan aholi soni 5 mlnni tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

Xizmat narxi chegirmasi bilan – 14 850 so'm (0.045 BHM)

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств в городе Бишкеке.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #bizning_manzillar
TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN KADASTR IDORALARINING MANZILLARI

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari hamda uning bo‘lim-filiallarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

📌 Bektemir tumani

📌 Mirobod tumani

📌 Mirzo Ulug‘bek tumani

📌 Sergeli tumani

📌 Olmazor tumani

📌 Uchtepa tumani

📌 Shayxontohur tumani

📌 Yashnobod tumani

📌 Chilonzor tumani

📌 Yunusobod tumani

📌 Yakkasaroy tumani

📌 Yangihayot tumani

📌 Toshkent shahar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
☺️☺️☺️☺️☺️
Murojaatlar tahlili

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 9-13 - oktabr kunlari jami 1 370 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
Andijon viloyati - 42
Buxoro viloyati - 113
Samarqand viloyati - 104
Sirdaryo viloyati - 44
Surxondaryo viloyati - 157
Qashqadaryo viloyati - 149
Toshkent shahar - 167
Toshkent viloyati - 190
Navoiy viloyati - 22
Namangan viloyati - 23
Xorazm viloyati - 119
Jizzax viloyati - 61
Farg‘ona viloyati - 71
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 87

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika
KO‘CHMAS MULK BILAN BOG‘LIQ BITIMLAR

📊 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining
sharhida qayd etilishicha, joriy yilning sentabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 17 foizga kamaydi, oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 28 mingtaga nisbatan 23 mingtani tashkil etdi.

↘️ Eng yuqori pasayish Navoiy viloyatida – 32 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 24 foiz, Toshkent shahrida – 24 foiz qayd etildi.

🏘 Yanvar-sentabr oylarida respublikada ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga o‘sdi.

↗️ Hududlar kesimida yil davomida sotuvlar Samarqand viloyatida 52 foizga, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 30 va 29 foizga o‘sdi.

⬆️ Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, uy-joy sotuvi 9 foizga o‘sdi.

Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning qariyb 50 foizi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH

⬜️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

⬜️ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

⬜️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, 91-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli poytaxt aholisi!

Amaliyot va tahlillar ko‘rsatganidek, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, ya’ni ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda Toshkentda tegishli tahlillar o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi. Shu bilan birga, ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi.

O‘z navbatida, Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqiramiz.

Shuningdek, ushbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo'lishingizni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashishingizni so'raymiz. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.

Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling.

Hurmatli poytaxt aholisi! Faqat ishonchli va rasmiy maʼlumot manbalariga ishoning, aniq maʼlumot olish uchun shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210-01-63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiling.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессияси очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sessiya #YNVTO #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter