TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer bilan bog‘liq qoidalar takomillashtirilmoqda

🌏 Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

◼️Muhokama etilgan ushbu Qonun o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini amalga oshirish tartibini, yer ijarasi bilan bog‘liq munosabatlarni va xususiylashtirilgan yer uchastkalariga oid qoidalarni takomillashtirishga qaratilgan qator normalarni o‘z ichiga olgan.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #yer #senat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tabrik
1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI

🇺🇿 Bir necha yildirki, yurtimizda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

📚 Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot — o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin deymiz!

💐Qadrli ustozlar! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Suv xavzalari "E-auksion" elektron platformasi orqali ijaraga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga integratsiya qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar bo'yicha mutaxassislar sertifikatlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tabiiy gaz shartnomalariga oid ma'lumotlar Soliq qo'mitasining axborot tizimiga kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shamol stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr uchun "Yashil energiya" sertifikati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim nafaqa va moddiy yordam bo'yicha arizalar "Yagona milliy ijtiomiy himoya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ustozlarga_ehtirom
TA’ZIM SIZGA, AZIZ USTOZLAR!

🏢 Har bir sohaning o‘z ustunlari, o‘zining tajribali mutaxassislari bo‘ladi. Kadastr tizimida esa bunday ustunlar talaygina.

🌺 Faxriylarimiz o‘zlarining ko‘p yillik halol mehnati, boy tajribalari bilan tizim rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan. Ularning hayot yo‘llari, xalq xizmati yo‘lidagi fidokorona faoliyati yosh xodimlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘taydi.

💐 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha kadastr sohasi fidoyilari – hurmatli ustozlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tanlov #ayoli_ulug_langan_yurt
HAR JABHADA YETAKCHI KADASTR AYOLLARI

🔷 Xabaringiz bor, 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni arafasida Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblari nomi e’lon qilingan edi.

🏢 E’tiborli jihati, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bino-inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi Dilnoza Mirzaraimova tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos uslubdagi videorolik yakunda 🥈2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

💐🌺 Biz yana bir bor ushbu yuqori natija bilan D.Mirzaraimovani chin dildan qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bir harakatda noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

📃 Buning uchun: Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

◼️Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

📆 Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

◼️Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

◼️BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

📣 Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

📌 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 212) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

‼️ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
MEN KORRUPSIYAGA QARSHIMAN

📝 “Korrupsiyaga qarshi kurashish bugun eng muhim vazifalardan biri!”, - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bosh yuristkonsulti Oybek ANVAROV.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatchilari uchun yaxshi yangilik!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 14-sentabrdagi VZ26327446 murojaatiga asosan Davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2024-2025-yillar davomida nufuzli, rivojlangan davlatlarga xorijiy stajirovkalarni tashkil etish belgilangan.

📃 Bunda, birinchi navbatda, xorijiy tillarni biladigan va erkin so‘zlasha oladigan, o‘z kasbiy kompetensiyasini muntazam oshirib boradigan salohiyatli davlat xizmatchilarini yuborish ustuvor vazifa deb belgilangan. Shunga ko‘ra, xorijiy tillarni ishdan ajralmagan holda o‘rganishlari uchun “Ibrat Academy” mobil ilova yaratilgan.

🫥 Mazkur mobil ilova 4ta (o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz) tilida mavjud bo‘lib, 12 ta xorijiy tilni hamda 22 turdagi darslarni bepul, oson va interaktiv o‘rganish imkoniyatini beradi.

🫥 Shu munosabat bilan, davlat xizmatchilari ushbu havolalar orqali dasturni o'rnatgan holda xorijiy tillarni o‘rganishi mumkinligi ma’lum qilamiz.

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari

IOS: https://apps.apple.com/uz/app/ibrat-academy/id6447472950

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish — ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berish.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

1.Kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
2. Hovli joyingizga qo'shimcha qurilish qildingiz, sizningcha yangi qurilishni ham kadastr qilish kerakmi?
3. Kadastr xizmatlari uchun to'lovni qayerga amalga oshirish kerak?

🎞 Yuqoridagi savollarga fuqarolar hamda 🌟Kadastr agentligi mutaxassisi tomonidan berilgan javoblarni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #malaka_oshirish
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZUVCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH TARTIBI

🔷 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

🔷 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har uch yilda kamida bir marta oshiriladi.

🔷 Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

🔷 Xalq ichiga kirib borib, odamlarning murojaatlari, hayotiy muammo va masalalarini hal etish – davlat xizmatchilari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi.

🏢 Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham aholining kadastrga oid murojaatlari yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔷 Odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish, fuqarolarning idoraga kelib murojaat qilishlarini kutib o‘tirmay, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va qonun doirasida ijobiy hal qilish maqsadida “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Toshkent shahrida kadastr ayollari seminari

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning hayotda  bilim va tajribalarini yanada oshirish, ish tizimida va oiladagi o‘rnini yanada rivojlantirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil etildi.

💸 Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mas'ullaridan tashqari notarial idora huquqshunosi, davolash ishlari bo'yicha mas'ul xodim hamda psixolog ham ishtirok etdi.

🫥 Seminarda tizimdagi ayollarning hayotda va ish jarayonida faolligini oshirish, ma'naviy-axloqiy muhitini yanada yaxshilash mavzularida suhbatlashildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM