TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.15K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.51K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Sergeli
MAHALLABAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani filiali mutaxassislari “Taraqqiyot”, “Sug‘diyona” hamda “Kengmakon” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔷 Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr_agentligi #delimitatsiya_demarkatsiya

🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇯Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

Kecha, 26-sentabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

🟢Unga ko‘ra, 19-25-sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan.

❗️Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumani, H.Boyqaro ko‘chasidagi “Yuksalish” turar-joy majmuasida yashovchi fuqarolarning murojaati e’lon qilindi. Unda aholi o‘z xonadoniga kadastr hujjatini rasmiylashtira olmayotganidan shikoyat qilgan.

🔷 Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Toshkent shahar Bektemir tumani Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan “OLTIN BALIQ” MCHJ tomonidan ikki qavatli 76-sonli turar joy binosi buzilishi evaziga barpo etilgan ko‘p qavatli “YUKSALISH” turar joy majmuasi obyekti ruxsatsiz qurilgan. Bugungi kunda ushbu o‘zboshimcha barpo etilgan ko‘p qavatli turar obyektiga kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

◻️ Sababi ushbu ko‘p qavatli turar joy obyektlari qurilishi uchun belgilangan tartibda yer maydoni ajratilmagan hamda loyiha smeta hujjatlari tasdiqlanmagan. Shuningdek, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi tomonidan mazkur o‘zboshimcha qurilish ishlari yuzasidan bayonnoma tuzilib, 2022-yil 14-sentabrda 02-481 sonli ogohlantirish berilgan.

◻️ Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2023-yil 9-mart kunidagi 4-1001-2310/9620 sonli ishi bilan hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lib, unda 2600.0 kv.m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi unga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilgan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytarilishi, yaroqli holatga keltirilishi, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzish majburiyati yuklatilgan.

◻️ Shundan so‘ng “OLTIN BALIQ” MCHJ tomonidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati berilib, yuqorida qayd etilgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 9-martdagi hal qiluv qarori bekor qilingan.

◻️ Shuningdek, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari yuzasidan sud ishi fuqarolar manfaati bo‘lganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga yo‘naltirilgan hamda hozirda sud ishi ko‘rib chiqish jarayonlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

◻️ Qo‘shimcha ravishda, mazkur obyekt joyiga chiqilib o‘rganilganda bugungi kunda 74-sonli hamda 80-sonli ikki qavatli turar joylari ham ruxsatsiz buzilib, ko‘p qavatli bino qurish uchun kotlovan qazilgani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
2 254 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 20-27-sentabr oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
YOʻQOLGAN KADASTR PASPORTINI QAYTA TIKLASH

⬜️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP (my.gov.uz) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

⬜️ Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

⬜️ Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

⬜️ Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr_agentligi #ustoz_va_murabbiylar_kuni

🌟Kadastrda bayramlar guldastasi💐💐💐

💐Bugun “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlar va faxriylar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati hamda agentlik tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin qizlar ishtirokida tashkillashtirilgan “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi sohada faoliyat yuritgan ustoz va murabbiylarni hamda “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini qo'shaloq bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️🌟 Bugun, Kadastr agentlining “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan faol rahbarlar, yoshlar va faxriylar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati o'tkazildi. Agentlik qoshida tuzilgan "Fahriylar kengashi"ning 11 kishidan iborat jamoasi tadbirga taklif etilib, ularga alohida e'tibor va e'zoz ko'rsatildi.

🇺🇿 Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin qizlar ishtirokida tashkillashtirilgan “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🎖 Unga ko'ra;
I-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi - Uralova Yulduz O‘tkirovna;

II-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasi xodimi - Mirzaraimova Dilnoza Hamidovna;

III-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublika boshqarmasi xodimi - Smetova Guljaxon Jumabaevna va
Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi - Aripova Mamlakat Mirzaevnalarga nasib etdi.

#DavKadastrPalata #ustozlar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_2023 #Chellendj
MILLIY LIBOSDAGI KADASTR AYOLLARI

🔷 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida faoliyat yurituvchi opa-singillarimiz ham “Xon Atlas-2023” festivalida faol ishtirok etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #qaror_targ_iboti
RADIODA KADASTR MAVZUSI

🇺🇿 “Oʻzbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan “Oqshom to‘lqinlarida” eshitirishida kadastr tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarga to‘xtalib o‘tildi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Abdumalikov radiokanal muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil avgust oyida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, VM-424-son hamda VM-426-son Qarorlarining mazmun-mohiyati xususida intervyu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube