TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.21K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #matbuot_anjumani
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR HAQIDA OAV VAKILLARI BILAN MULOQOT

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi majlislar zalida kadastr tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔷 Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Yuldashev, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari A.Islamov, boshqarma bo‘lim boshlig‘I B.Abdumalikov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔷 Shuningdek, tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda
KADASTRDA AHOLI MANFAATLARI USTUVOR

🔷 Har bir murojaat ortida inson manfaati, uning taqdiri turadi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan aholining kadastrga oid murojaatlari yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💻 Ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida e’lon qilingan maqolada so‘z boradi.

👉 BATAFSIL O‘QISH UCHUN

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

‼️ Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlar nomlari katalogi

📃 Geografik obyektlarning nomlaridan barcha oʻrinlarda toʻgʻri va xatosiz foydalanishni ta’minlash maqsadida Geografik obyektlar nomlari katalogi doimiy ravishda yangilangan shaklda nashrdan chiqarib borilishi koʻzda tutilgan.

◼️Mazkur katalog “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri ma’lumotlar bazasi asosida tayyorlandi.

🌟 Yuqoridagi infografika orqali siz ushbu katalogni chop etish uchun Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqilgan Davlat reyestrida mavjud geografik obyektlar soni bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (51 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
MATBUOT ANJUMANI OAV NIGOHIDA

🔷 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida kadastr tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

🔷 Mazkur tadbir tafsilotlari turli tashqi OAVlarda keng yoritilmoqda.

Jumladan;

👉 “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida;

👉 Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida;

👉Ochun.uz internet nashrida (1), (2);

👉 “Toshkent oqshomi” gazetasining telegram kanali hamda rasmiy saytida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Qayta qurish deganda obyektdagi bino va inshootlarni to‘liq yoki qisman buzib tashlab, ularning ixtisoslashishini o‘zgartirgan yoki o‘zgartirmagan holda yangilarini qurish tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Sergeli
MAHALLABAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani filiali mutaxassislari “Taraqqiyot”, “Sug‘diyona” hamda “Kengmakon” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔷 Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr_agentligi #delimitatsiya_demarkatsiya

🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇯Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

Kecha, 26-sentabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

🟢Unga ko‘ra, 19-25-sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan.

❗️Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumani, H.Boyqaro ko‘chasidagi “Yuksalish” turar-joy majmuasida yashovchi fuqarolarning murojaati e’lon qilindi. Unda aholi o‘z xonadoniga kadastr hujjatini rasmiylashtira olmayotganidan shikoyat qilgan.

🔷 Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Toshkent shahar Bektemir tumani Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan “OLTIN BALIQ” MCHJ tomonidan ikki qavatli 76-sonli turar joy binosi buzilishi evaziga barpo etilgan ko‘p qavatli “YUKSALISH” turar joy majmuasi obyekti ruxsatsiz qurilgan. Bugungi kunda ushbu o‘zboshimcha barpo etilgan ko‘p qavatli turar obyektiga kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

◻️ Sababi ushbu ko‘p qavatli turar joy obyektlari qurilishi uchun belgilangan tartibda yer maydoni ajratilmagan hamda loyiha smeta hujjatlari tasdiqlanmagan. Shuningdek, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi tomonidan mazkur o‘zboshimcha qurilish ishlari yuzasidan bayonnoma tuzilib, 2022-yil 14-sentabrda 02-481 sonli ogohlantirish berilgan.

◻️ Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2023-yil 9-mart kunidagi 4-1001-2310/9620 sonli ishi bilan hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lib, unda 2600.0 kv.m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi unga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilgan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytarilishi, yaroqli holatga keltirilishi, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzish majburiyati yuklatilgan.

◻️ Shundan so‘ng “OLTIN BALIQ” MCHJ tomonidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati berilib, yuqorida qayd etilgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 9-martdagi hal qiluv qarori bekor qilingan.

◻️ Shuningdek, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari yuzasidan sud ishi fuqarolar manfaati bo‘lganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga yo‘naltirilgan hamda hozirda sud ishi ko‘rib chiqish jarayonlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

◻️ Qo‘shimcha ravishda, mazkur obyekt joyiga chiqilib o‘rganilganda bugungi kunda 74-sonli hamda 80-sonli ikki qavatli turar joylari ham ruxsatsiz buzilib, ko‘p qavatli bino qurish uchun kotlovan qazilgani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
2 254 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 20-27-sentabr oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
YOʻQOLGAN KADASTR PASPORTINI QAYTA TIKLASH

⬜️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP (my.gov.uz) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

⬜️ Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

⬜️ Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

⬜️ Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr_agentligi #ustoz_va_murabbiylar_kuni

🌟Kadastrda bayramlar guldastasi💐💐💐

💐Bugun “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlar va faxriylar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati hamda agentlik tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin qizlar ishtirokida tashkillashtirilgan “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi sohada faoliyat yuritgan ustoz va murabbiylarni hamda “Ayolni ulug‘laydi yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini qo'shaloq bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM