TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
9.84K photos
1.25K videos
6 files
6.06K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos
KO‘CHMAS MULKNI BIRLASHTIRISH

⬜️ Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

⬜️ Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tayinlov #tabrik
📣 TAYINLOV 📣

🇺🇿 Маxmudov Jasurbek Maxmud o‘g‘li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

⬜️ Jasurbek Маxmudov – 1989-yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2013 yil – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

⬜️ Tayinlovga qadar Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi J.Маxmudovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
2 391 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 7-13-sentabr oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 7- 13- sentabr, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 16 575 ta
Shakllantirilgan: 5 438 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
SIZ UCHUN MA'LUMOT

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

Murojaatlar qabul qilinadi:

👉🏼 Davlat xizmatlari markazi;
👉🏼 YIDXP – my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

⚜️ Ijara shartnomasi

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

1 ish kuni.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent shahar Yunusobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda poytaxtning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 20-sentabr, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 112-uyda joylashgan TATUning akademik litseyi binosi.


📱 Qabulga yozilish uchun (71) 231-68-52 (ichki 212) va (71) 235-44-69 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #seminar
IDORALARARO HUJJAT AYLANISH TIZIMI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda boshqarma hamda tuman filial xodimlari, fuqarolar murojaatlariga mas’ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

🔷 O‘quv seminarida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Unicon Soft" MCHJ Axborot tizimlarini joriy qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Jabborov ma’ruza qilib, yangi tizimning imkoniyatlari hamda afzalliklari xususida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berdi.

💻 Qayd etilishicha, mazkur tizim ijro intizomi nazoratini ta’minlovchi elektron hujjat aylanish tizimi bo‘lib, u hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir necha xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY SO'ROVNOMA.

KADASTR XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

🎞 Yuqoridagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

Batafsil ma'lumotlarni va to'liq javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxt hokimligida Geografik ob'yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda komissiya raisi — Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov, komissiya tarkibiga kiritilgan hokim o‘rinbosarlari - A.Xen va S.Obidov, Toshkent shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining boshlig‘i A.Isabayev, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining direktori J. Ismailova hamda komissiyaning boshqa a’zolari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
#Kadastr #murojaatlar #infografika
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 11-15-sentabr kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

⬜️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

👉 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

👉 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

👉 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

👉 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

👉 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

👉 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_ma_lumot
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KORRUPSIYAGA QARSHI EKSPERTIZASI

👉 Mazkur videoda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi 860-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’lumot beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #infografika

🇺🇿Respublikamiz hududida nechta ko'p qavatli va kvartirali uylar borligini bilasizmi?

🖼 Infografikada batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

❇️ Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

❇️ Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Bektemir
KADASTR – AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi
va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, boshqarmaning Bektemir tumani filiali mutaxassislari “Mirishkor”, “Bektemir” hamda “Iykota” mahallalarida bo‘lib aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

❇️ Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube