TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.27K photos
1.15K videos
6 files
5.63K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #mustaqillik #e_tirof
KADASTRDA BAYRAM SHUKUHI

🏢 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida 🇺🇿 yurtimiz Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda so‘zga chiqqan boshqarma boshligʻi J.Karimov soha xodimlarini eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi.

🎉 Shundan so‘ng sohada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni a'lo darajada masʼuliyat bilan bajarib, faoliyatida yuqori samaradorlikka erishayotgan bir guruh faol xodimlar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda DKP Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

Albatta bunday rag‘bat va e’tirof barcha xodimlarni yanada o‘z ustida ko‘proq ishlashga, soha rivojiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.

🎁 Mukofotlar muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar! 🎁

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biznes_ombudsman_kundaligidan

🔶 Yosh tadbirkorlarni moliyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha qanday imkoniyatlar bor?

👉 Bu haqda batafsil mazkur videoda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_targ_ibot
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

❇️ O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”dagi O‘RQ–860-son Qonuni qabul qilindi.

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari uchun mazkur qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda targ‘ibot materiallaridan samarali foydalangan holda normativ-huquqiy hujjatlar, ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar va ularning vakolatlari, bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш чоғида юзага келадиган низоларни судга қадар ҳал қилиш тартиби белгиланди

Унга кўра фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларини давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасидаги низолари бўйича аризалар ва шикоятлар Комиссия ва Апелляция комиссияси томонидан ўн иш кунида кўриб чиқилади.

Комиссия ва Апелляция комиссиясининг мажлисларида комиссия ва Апелляция комиссияси аъзоларининг камида учдан икки қисми (кворум) иштирок этган тақдирда ваколатли ҳисобланади.

Мурожаатлар, шунингдек, Комиссия ва Апелляция комиссияларининг баённомалари электрон реестрда юритилади.

Судларда кўриб чиқилган ёки кўриб чиқилаётган низолар Комиссия томонидан такроран кўриб чиқилмайди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Шунингдек, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибга солинмоқда.

Жумладан, давлат рўйхатидан ўтказилиб, бу ҳақда гувоҳнома берилган кўчмас мулкларни электрон тарзда давлат реестрига киритиш ва ундан кўчирма бериш, шу жумладан, мазкур хизматларни бепул амалга ошириш бегиланди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Кадастр муҳандиси институтини республика миқёсида босқичма-босқич жорий этиш тартиби белгиланмоқда.

2023 йил 1 октябрдан Тошкент шаҳри, Тошкент, Навоий, Наманган, Фарғона ва Хоразм вилоятларида, 2024 йил 1 июлдан республика миқёсида жорий этилади.

Шу билан бирга кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказувчиларнинг малакасини ошириш ва уларни аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

〰️〰️〰️〰️〰️

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда кадастр хизматларини кўрсатишдаги янгиликлар ҳақида маълумот берилди:

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #mustaqillik #taqdirlash
E’TIBOR VA E’TIROF QUVONCHI

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

🔷 Boshqarma boshligʻi B.Tashxodjayev kadastr xodimlari va ular timsolida barcha yurtdoshlarimizni mustaqillik ayyomi bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklarni bildirdi.

🔷 Tadbirda sohada faoliyat olib borayotgan bir qator faol xodimlarga Kadastr agentligi direktorining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 32-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #qutlov #mustaqillik
📣 HURMATLI YURTDOSHLAR! 📣

🇺🇿 Yurtimizning har bir go‘shasiga bayram shukuhini ulashgan, qalblarimizni shukronalik hissiga to‘ldirgan, xalqimizning asriy orzulari ushalgan kun – Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo‘lsin!

🎁🎉 Ushbu qutlug‘ sanada Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ko‘tarinki kayfiyat, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.

❇️ Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Hurmat ila
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #murojaatlar #infografika
MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 28-31-avgust kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

👉 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

◻️ mulk huquqi;
◻️ doimiy egalik qilish huquqi;
◻️ doimiy foydalanish huquqi;
◻️ meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
◻️ ijara huquqi;
◻️ ikkilamchi ijara huquqi;
◻️ xo‘jalik yuritish huquqi;
◻️ operativ boshqarish huquqi;
◻️ ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
◻️ bepul foydalanish huquqi;
◻️ renta;
◻️ ipoteka;
◻️ servitut;
◻️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (435-son, 31.08.2023 y.) bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

📃 Reglamentga ko‘ra, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.

📞 “Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi. Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti Davlat xizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.

📞 “Call-markaz” mas’ul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.

◼️So‘ng mas’ul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasport) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

👉 koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

👉 kadastr yigʻmajildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

⚜️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube