TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.28K photos
1.16K videos
6 files
5.65K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich
TOSHKENT SHAHRINING DEMOGRAFIK KOʻRSATKICHLARI

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023-yil 1-iyul holatiga 2 999 500 kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga koʻpaydi.

Shundan:

👨‍💼 erkaklar soni – 1 471 700 kishini

👩‍💼 ayollar soni – 1 527 800 kishini tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ▪️

🇺🇿“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

◼️Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

🌐 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

➡️ Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:

▫️
https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️
https://2030.strategy.uz/

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #yer_nazorati

🌍 Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi davra suhbati Yangihayot tumanida tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga Kadastr agentligining 2023-yil 31-iyuldagi 196-19-sonli “Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🔷 Shuningdek, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan “Qabriston va masjid ustiga qurilgan uylar!!!” sarlavhali murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

⬜️ Toshkent shahar hokimining 2018-yil 30-noyabrdagi qaroriga asosan “SMART LIFE GROUP” MCHJga Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasida joylashgan mavjud binolarni buzish hisobiga oʻz foydalanishidagi hududda koʻp qavatli turar joy kompleksi qurish uchun ruxsat berilgan.

⬜️ 2022-yildagi qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalarga asosan, “SMART LIFE GROUP” MCHJ nomiga Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 112-uy manzilida qurib bitkazilgan jami umumiy maydoni 8141,41 kv.m. boʻlgan koʻp qavatli turar joy hamda ushbu binoning pastki qavatlarida joylashgan noturar joy qismlariga mulk huquqi eʼtirof etilgan.

⬜️ Faqatgina shundan soʻng, yuqorida qayd etilgan huquq oʻrnatuvchi hujjatlarga muvofiq, mazkur obyektga nisbatan “SMART LIFE GROUP” MCHJ nomiga kadastr yigʻmajildi shakllantirilib, huquq turi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videorolikda ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ruxsatnomalar kadastr idoralari tomonidan berilganligi iddao qilingan.

⬜️ Vaholanki, mazkur qurilish ishlarini olib borish davrida kuchda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan, qurilish ishlariga ruxsat berish hamda tegishli loyiha hujjatlarini tasdiqlash va kelishish vakolati Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilib kelingan.

⬜️ Bugungi kunda ham qurilishga ruxsat berish va qurilish sifatini nazorat qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmaydi.

⬜️ Shuningdek, mazkur koʻp qavatli turar joy binosi qurilgan yer maydonida, masjid, qabriston yoki boshqa diniy maqsadlarda foydalanish uchun bino va inshootlar mavjud boʻlganligi haqida Boshqarmada tegishli maʼlumotlar mavjud emas.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️E’tibor qarating !

📃 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligini ma’lum qilamiz.

👔 Qarzdorliklarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatilarida kuzatilmoqda. Sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, fuqaro va tadbirkorlardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda faollik sezilmayapti.

❗️Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalaga oshirishlarini so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #qurilish
TOSHKENT SHAHRIDAGI QURILISH ISHLARI

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 16,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

🏗 Hududda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,0 %, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 68,3 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 8,7 % ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #infografika

🌟 Kadastr agentligiga 2023-yil 1-avgust holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNING DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILISHI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali_malumot

🌟Kadastr pasportini berish qanday hollarda rad etiladi va qanday hollarda kadastr hujjati bepul tayyorlab beriladi?

🎥 Ushbu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob topishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat reyestridan ko‘chirmada quyidagi axborot ko‘rsatiladi:

👉 ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

👉 huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va cheklovlarning ro‘yxati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

👉 davlat reyestridan ko‘chirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

🏙 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣ Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔤 kadastr pasportini shakllantirish

➡️🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

😎umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🌍 ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔤 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

😎2 ish kunigacha.

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #murojaatlar
MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️UzKAD dasturiga kiritilgan Davlat obyektlari▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan davlat obyektlarini "UzKAD" tizimiga kiritish ishlari jadallik bilan davom etayotganidan xabaringiz bor.

📊 Navbatdagi infografika orqali siz Respublika bo‘yicha tizimga kiritilgan jami Davlat obyektlari tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

➡️ Avvalroq, "UzKAD" dasturiga kiritilgan bog'cha va maktablar haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.

#DavKadastrPalata #UzKAD

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #ochiq_muloqot
“MINBAR”DA UY-JOY MAVZUSI

📺 “Mahalla”
telekanalida efirga uzatiluvchi “Minbar” tok-shousining navbatdagi soni uy-joy mavzusiga bag‘ishlandi.

❇️ Jumladan, unda

🏗 Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi;

👉 Ushbu uylarga qachon kadastr pasporti shakllantirib berilishi kabi savollar o‘rtaga tashlandi.

🎙🏢 Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan ko‘rsatuvda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘ktam Saliyev yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube