TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
9.85K photos
1.25K videos
6 files
6.07K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▪️Arxiv ishi o'quv amaliyoti▪️

◼️Xabar berganimizdek, Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida tashkillashtirilgan o‘quv-kurslari davom etmoqda.

➡️ Bugun esa arxivchilar o'quv kurslari amaliyoti jarayonida "O'zarxiv" agentligiga qarashli davlat arxivlarida bo'lib, arxivchilar faoliyati hamda arxiv hujjatlarni saqlash tartibi bilan tanishib, mutaxassislar ishtirokidagi ish jarayonini ko'zdan kechirdilar.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #UzKad #yig_ilish
UZKAD DASTURI BO‘YICHA YIG‘ILISH

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlashga doir yig‘ilish o‘tkazildi.

🔷 Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Saydullayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov, shuningdek, yer hisobini yuritish bo‘yicha mutaxassislar, topograflar, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi hamda “UzKad” dasturiga masʼul mutaxassislar qatnashishdi.

🔷 Yer hisobini yuritish, yer fondi toifalarining yer turlarini huquqiy hujjatlarga asosan “UzKad” dasturiga to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha yig‘ilishda qatnashgan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing
FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani filiali boshligʻi T.Karimov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifing.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20% miqdorda ustama to'lanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin.
👉 Batafsil

⚜️ Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
YOʻQOLGAN KADASTR PASPORTINI QAYTA TIKLASH

⬜️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP (my.gov.uz) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

⬜️ Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

⬜️ Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

⬜️ Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

🏠 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🌍Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

📃 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

🔷 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining ☎️ (+99871) 231-68-51 (ichki 212) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #Geoinnovatsiya #bilasizmi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi hududida istalgan fuqaro Dron uchirish huquqiga egami?

❤️‍🔥 Diqqat qiling bu muhim❗️❗️❗️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 658-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

🌟Kadastr agentligining «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi va bir nechta tashkilotlardan tashqari har qanday holatlarda uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlarida qonun bilan nazorat qilinadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #kadastr_pasporti
2023-YILNING 7 OYIDA QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich
TOSHKENT SHAHRINING DEMOGRAFIK KOʻRSATKICHLARI

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023-yil 1-iyul holatiga 2 999 500 kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga koʻpaydi.

Shundan:

👨‍💼 erkaklar soni – 1 471 700 kishini

👩‍💼 ayollar soni – 1 527 800 kishini tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ▪️

🇺🇿“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

◼️Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

🌐 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

➡️ Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:

▫️
https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️
https://2030.strategy.uz/

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #yer_nazorati

🌍 Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi davra suhbati Yangihayot tumanida tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga Kadastr agentligining 2023-yil 31-iyuldagi 196-19-sonli “Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🔷 Shuningdek, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube