TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Xatto hojatxonalar soatlab ishlamaydi yohud “China hause”ning chala ishlari” sarlavhasi ostidagi murojaatda kadastr hujjatlari hanuzgacha berilmagani aytib o'tilgan bo'lib, mazkur murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasi manzilida joylashgan ko‘p qavatli “China hause” turar joy majmuasi Toshkent shahar hokimining 20.02.2018 yildagi 270-sonli qarori, Toshkent shahar qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining 2022-yildagi ruxsatnomalari, shuningdek, 2020-yildagi o‘zaro oldi-sotdi shartnomasi va topshirish qabul qilish dalolatnomasiga asosan “LUX CITY HOUSES” MCHJ nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, ya’ni mazkur turar joy majmuasiga nisbatan kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan.

⬜️ Elektr va suv tarmoqlarida mavjud muammolarni hal etish kadastr idorasi vakolatida emasligini inobatga olib, tegishli kommunal xizmat ko‘rsatish idoralariga murojaat etish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Oʻz uyimda qoʻshimcha qurilish boshladim. Tanishlarim ruxsatnomasiz qurilish mumkin emasligini aytishmoqda. Shu toʻgʻrimi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #mulkdor_ayollar
MULKDOR AYOLLAR SONI BO‘YICHA TOSHKENT SHAHRI YETAKCHI

📊 Davlat kadastrlari palatasining
2023-yilning 6 oyi davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 090 680 tani tashkil etadi.

👩‍🦰🏠 Mulkdor ayollar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtda ayollar egalik qiluvchi ko‘chmas mulk obyektlari soni 373 364 tani tashkil qilgan.

📊 Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, so‘nggida esa Sirdaryo viloyati qayd etilgan.

❇️ Avvalroq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2023-yarim yil davomidagi erkak mulkdorlar soni taqdim etilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #studiya24

🌟 Kadastr agentligi tizimida raqamlashtirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "O'zbekiston24" telekanalining "Studiya24" ko'rsatuvida Agentlikning IT texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limi boshlig‘i Olimjon Abdullayev bilan suhbat bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏗🏠 Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarur, ushbu uylarga qachon kadastr pasporti shakllantirib beriladi?

📺 "RenessansTV" telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.Abdumalikov muhim mavzu yuzasidan intervyu berdi.

Ma’lumot uchun:

⬜️ Yangi qurilayotgan ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda qurilishi, rekonstruksiyasi yakunlanib, turar yoki noturar binolarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda kadastr hujjatlari shakllantiriladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH

◻️ Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.

◻️ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

◻️ Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 91-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjuman

21-iyul kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📝Mavzu: Kadastr agentligi tizimida 2023-yilning o'tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.

Ishtirok etadi:
🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati.

📢 Matbuot anjumanga ommaviy axborot vositalarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #UzKad #yig_ilish
FAOLIYAT BILAN BOG‘LIQ MASALALAR TAHLIL QILINDI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi J.Karimov boshchiligida tuman filial rahbarlari, bosh muhandislar hamda ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔷 Tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishda davlat obyektlarini "UzKAD" tizimiga kiritish jarayoni chuqur tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

🔷 Shuningdek, yig‘ilishda tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, murojaat va topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash va boshqa masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastrning “Rahbar va yoshlar” milliy forumi▪️

▶️ Ayni damda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkil qilingan “Rahbar va yoshlar” 1-milliy forumi Jizzax viloyatida o‘z ishini boshladi.

🌱⚡️ Sohani yanada rivojlantirish maqsadida yoshlarning fikrini rahbarlarga bevosita yetkazish, tizimdagi muammo va masalalarni yangi fikrlar-g‘oyalar yordamida birgalikda ijobiy yechimini topishga zamin yaratishni maqsad qilgan forumga respublikamizning barcha hududlaridan 5 nafardan, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yetib kelishdi.

👔 Jarayonlar endi boshlandi, bizni kuzatib boring...

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #qurilish
ENG KO‘P QURILISH KORXONALARI TOSHKENT SHAHRIDA

📊 2023-yilning 1-iyul holatiga Respublikamizda jami 34 102 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ulardan 2 526 tasi joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etildi.

🏗 Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

🔷 Toshkent shahri – 6 911 ta

🔷 Farg‘ona viloyati – 2 889 ta

🔷 Toshkent viloyati – 2 837 ta

🔷 Qashqadaryo viloyati – 2 688 ta

🔷 Buxoro viloyati – 2 591 ta

🔷 Samarqand viloyati – 2 444 ta

🔷 Surxondaryo viloyati – 2 413 ta

🔷 Andijon viloyati – 2 095 ta

🔷 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 809 ta

🔷 Xorazm viloyati – 1 717 ta

🔷 Namangan viloyati – 1 624 ta

🔷 Jizzax viloyati – 1 557 ta

🔷 Navoiy viloyati – 1 424 ta

🔷 Sirdaryo viloyati – 1 103 ta

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 13-19-iyul, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 16 223 ta
Shakllantirilgan: 5 248 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

❇️ Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

❇️ Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Milliy forumning ilk kuni▪️

💠 70 nafar yoshlar Jizzax shahridagi 1-milliy forumning ilk kunini  eng avvalo yurtimiz tarixiga nazardan boshladilar. Yoshlar “Rahbar va yoshlar” forumi nomiga monand ravishda mos keluvchi, o‘z davrining yetuk siyosatchisi bo‘lgan rahbar - Sharof Rashidovning muzeyi bilan tanishdilar.

🎭So‘ngra, atoqli adib Hamid Olimjon va shoira Zulfiya tarixiga, o‘sha davrdagi asori-atiqalar, ijodkorlarning hayoti va ijodi haqida so‘zlovchi muzeyni ko‘zdan kechirdilar.

◼️Olam-olam taassurotlarga yana batafsil to‘xtalamiz.

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Forumning ikkinchi kuni boshlandi▪️

⭐️🌟 Kadastr yoshlaridan tashkil topgan jamoalar milliy forumning ikkinchi kunini Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirokidagi davra suhbati bilan boshladilar.

◼️Mazkur uchrashuvda yosh mutaxassislar mutasaddilarning "Hududlardagi ma'lumotlarning muvofiqlashtirilishi", "Bilimli yoshlar - kadastr kelajagi" hamda "Yosh kadrlarning tashkilotdagi o'rni" mavzularida chiqishlarini tingladilar. Mas'ullar ishtirokidagi davra suhbati baxsli savol-javoblarga boy bo'ldi.

➡️ Hali eng qiziq jarayonlar oldinda...

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM