TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
9.8K photos
1.24K videos
6 files
6.03K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #brifing

🌟 KADASTR AGENTLIGI BRIFINGI

2023-yilning o’tgan 6 oyi davomida respublika boʻyicha yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallash bilan bogʻliq 5 968 ta holat aniqlandi.

🌟 Agentlik tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar asosida 2 390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

⚖️ Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan sudlarga 1 754 ta (914,3 gektar) daʼvo arizalari kiritildi.

🇺🇿 Yerga oid qonun buzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 325 ta (56,8 gektar) ish hujjatlari oʻrnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasport) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

👉 koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

👉 kadastr yigʻmajildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

⚜️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🔷 Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos

Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔷 Ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obyektlardir.

🔷 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
MEN KORRUPSIYAGA QARSHIMAN

📝 “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa bugun eng muhim vazifalardan biri!”, - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bosh yuristkonsulti Oybek ANVAROV.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalarining yarim yillik statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha yarim yillik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: yanvar-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 7 602 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔷 BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik:

👉 fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mgacha);
👉 mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

◻️ Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat’iy belgilangan bo‘lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo‘llanilgan.

🔷 Shuningdek, ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Huquq egasi deganda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida ushbu ko‘chmas mulkka doir huquqqa ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

🔷 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari faol ishtirok etishdi.

Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da: 

🔷 O‘zbekiston saylovchiligi: o‘tkazish tartibi, prinsiplari mavzusida ekspert sharhi,

🔷 “Konstitutsiyaviy savodxonlik” hamda “Mutolaa vaqti” ruknlari tinglovchilar e’tiboriga taqdim qilindi.

🔷 Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Saylov uchastkangiz manzilini aniqlang▪️

🇺🇿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin Prezidentlik saylovini o‘tkazishda Markaziy saylov komissiyasi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalarga muvofiq jami 10 784 ta saylov uchastkalarning chegaralari va saylov o‘tkaziladigan obyektlaring geolokatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron xaritasi yaratildi hamda Markaziy saylov komissiyasining saytida aks ettirildi.

📍 Prezidentlik saylovini o‘tkazishda qaysi uchastkada ovoz berishingizni va u qayerda joylashganini shakllantirilgan elektron xaritalar asosida onlayn bilib olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #saylov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazoratchisi #infografika
YUNUSOBOD TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

⚜️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

⚜️ Ayni yo‘nalishda boshqarmaning Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #davra_suhbati #xotin_qizlar
DAVRA SUHBATI

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Oilaning tinch-totuvligi – mehnat samaradorligi garovi” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil qilindi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov so‘zga chiqib, ayol xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlarini yaratish, ular duch kelayotgan muammolarni hal etish rahbariyat oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab, bu yo‘lda hamkorlikni yanada kuchaytirish va ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

⚜️ Shuningdek, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, murojaat va topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash kabi muhim masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube