TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.29K subscribers
9.89K photos
1.26K videos
6 files
6.09K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️"Opposite" matbuot tadbiridan▪️

➡️ Bugun O'zbekiston Milliy matbuot markazida 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkillashtirilgan "Opposite" nomli matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

▶️ Tadbir bunday nomlanishiga sabab esa, shu paytgacha tashkillashtirilgan matbuot anjumanlarida jurnalist va blogerlar Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilariga savol bergan bo'lsa, bugungi tadbirda yangilik kirirtildi va kadastrchilar OAV vakillarini savolga tutdilar.

👔 Mazkur hayajonli onlarga boy bo'lgan o'zgacha uslubdagi matbuot tadbiri barcha yig'ilgan media vakillari uchun kutilmagan daqiqalarga boy bo'ldi.

💐 Tadbir so'nggida tashrif buyurgan OAV vakillari Davlat kadastrlari palatasi tomonidan maxsus bayram sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov #Qurbon_hayiti
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

⚜️ Barchamiz katta xursandchilik bilan kutib olayotgan Qurbon hayiti bayrami ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin tutib, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni yanada mustahkamlaydi.

⚜️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi ushbu barokatli va nurafshon kunda barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.

⚜️ Qalbingizdagi barcha ezgu tilaklar ro‘yobga chiqsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

⚜️ Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️30-iyun - Yoshlar kuni▪️

🇺🇿 Bu bayram zamirida Yangi Oʻzbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor va gʻamxoʻrlik mujassam.

🌱Yoshlik – bu orzu umidlar vaqti, oʼzining hayot yoʼlini topish vaqti, butun dunyoni gʼoyalar va yutuqlar bilan hayratga solish vaqtidir.

🌐 Oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimiz bilan faxrlanamiz.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi barcha oʻgʻil-qizlarimizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda advokat Sirojiddin Ishpulatov tomonidan eʼlon qilingan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlari va elektron ma‘lumotlar bazasiga muvofiq, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘cha, 15/1-uy manzilida joylashgan ko‘chmas mulk binosi hozirgi kunda “IT SOLUTIONS MMC” MCHJga tegishli.

◻️ Obyektning bugungi kundagi holati bo‘yicha inventarizatsiya ishlari o‘rnatilgan tartibga ko‘ra mulkdor roziligi asosida, mulkdor “IT SOLUTIONS MMC” MCHJ hamda arizachilar ishtirokida amalga oshiriladi.

◻️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2009 yildagi 41-son qaroriga muvofiq, Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat’iy bajarilishini nazorat qilish, ularga huquqiy baho berish hududiy hokimiyat va arxitektura organlari zimmasiga yuklatilgan.

◻️ Shundan kelib chiqib murojaatda ko‘rsatilgan obyektni inventarizatsiyadan o‘tkazishda mulkdor roziligini olish hamda yuqorida nomlari keltirilgan vakolatli organlardan vakillar ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq.

◻️ Qo‘shimcha ravishda, Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021 yildagi 389-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning sxematik rejasiga asosan bino-inshootlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish buyurtmalar asosida bajarilishi belgilanganligi bildiriladi.
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ketma-ketligi

⚜️ Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

⚜️ Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ular joylashgan binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

⚜️ Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🇺🇿 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun, 11-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
1-IYULDAN NIMALAR O‘ZGARADI?

2023-yil 1-iyuldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o‘zgarishlar bilan tanishing:

🔷 “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi.
👉 BATAFSIL

🔷 Ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi.
👉 BATAFSIL

🔷 Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
👉 BATAFSIL

🔷 Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.
👉 BATAFSIL

🔷 “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.
👉 BATAFSIL

🔷 Davlat organlari AKT xodimlarining malakasi oshiriladi.
👉 BATAFSIL

🔷 “Yashil energiya” sertifikatini berish boshlanadi.
👉 BATAFSIL

🔷 Nodavlat futbol muassasalariga futbol assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lish talabi qo‘yiladi.
👉 BATAFSIL

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muhim_sanalar
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

🇺🇿 Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

❇️ Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. 1992-yilning 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.

⚜️ Bugun ushbu muqaddas ramzni katta-yu kichik birdek qadrlaydi. Aslida davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat insonlar orasida yurt taqdiri uchun daxldorlik, vatanparvarlik, fidoyilik kabi tuyg‘ularni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#dron_shou

Bugun, 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Xalqlar doʻstligi maydonida 👌 dron shou boʻlib oʻtadi!

Shou 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 🌏 gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan o'tkaziladi.

👌 Dronlar shousi 250 ta dron ishtirokida o'tkaziladi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

👉 Qo‘shimcha qurilish — yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan bo‘sh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#dron_shou #Kadastr_agentligi

Oldin xabar berganimizdek 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Xalqlar doʻstligi maydonida 👌 dron shou boʻlib oʻtdi!

"Dronlar-shousi" 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 🌏 gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan o'tkaziladi.

👌 Dronlar shousi 250 ta dron ishtirokida 4 ta shakl yasaldi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan "Dronlar-shou"sini o'tkazgan Geoinnovatsiya markazi xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Aldangan xalq prezidentga murojaat qilib chiqishdi” sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️ Toshkent shahar hokimining 2018-yil 2-oktabrdagi 1404-sonli qaroriga asosan “AZIYA INVEST FAVORIT” MCHJga Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Izzat ko‘chasi, 58-uy manzilida jami 8 ta ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 5,2 gektarga teng yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan.

◻️ Mazkur “AZIYA INVEST FAVORIT” MCHJ tomonidan ushbu yer uchastkasi qurilish ishlari boshlanib, bugungi kunda, 0,9155 gektarga teng yer uchastkasida jami 5 ta 8 qavatli turar joy binosiga kadastr hujjatlari shakllantirilgan. Ushbu ko‘p qavatli uy-joylarga Izzat ko‘chasi, 58/3, 58/4, 58/5, 58/6, 58/7-uy raqamlari berilgan va o‘rnatilgan tartibda mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◻️ Bugungi kunda mazkur yer maydonida jami 3 ta ko‘p qavatli ya’ni, 58/1, 58/2 va 58/8-sonli ko‘p qavatli uylar qurilish jarayonida ekanligi va ushbu uylarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan.

◻️ Videomurojaatda qayd etilgan masala ya’ni, fuqarolar tomonidan sarmoya kiritish va ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ulushli ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘la olmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 39-bandida qayd etilgan huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan biri (quruvchi tashkilot tomonidan notarial idora orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi va h.k.) taqdim etilib, Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi ma'lum qilinadi.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda ushbu hududda nizoli holat yuzaga kelganligi sababli prokuratura organlari tomonidan mazkur ko‘p qavatli uy-joylarga vaqtinchalik taqiq qo‘yilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM