TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.37K photos
1.19K videos
6 files
5.72K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi
xodimlari tomonidan 2023-yilning 5 oyi davomida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol #xususiylashtirish
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Uyim joylashgan yerni xususiylashtirishim shartmi, bu majburiy talabmi?

Javob: Xususiylashtirish majburiy hisoblanmaydi.

❇️ Fuqarolar va yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishga boʻlgan oʻz huquqlarini oʻz ixtiyoriga koʻra hamda oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.

❇️ Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi.

❇️ Agar fuqaro yer uchastkasini berishni, sotishni xohlamasa, ushbu yer uchastkasi davlat tomonidan ham olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #kadastr_pasporti
MAY OYIDA QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi
Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning may oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️"Korobka" holatidagi uy-joylar uchun subsidiya ajratiladi▪️

◼️ Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berilgan.

2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida begonalashtirilganda, qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚜️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda shaharning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 15-iyun, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Ahillik ko'chasi, 3-A uy, Davlat kadastrlari palatasi Mirzo Ulug'bek tuman filiali binosi

📱 Qabulga yozilish uchun +998 71 286-23-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Uyimni kadastr qilganimdan keyin hovlimda qo‘shimcha qurilish bo‘lgan. Bu holatda kadastr hujjatini yangilashim kerakmi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazoratchisi #infografika
MIROBOD TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

⚜️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

⚜️ Ayni yo‘nalishda boshqarmaning Mirobod tumani xodimlari tomonidan 2023-yilning 5 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

◻️ Ixtisoslashishini o‘zgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🟢Bugundan 🇰🇷 Korea Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTPA), Korea Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari o'z ishini boshladi.

🗣Ayni damda Koreadan tashrif buyurgan mehmonlar "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining  Dronlar ishlab chiqarish,  ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash zavodiga tashrif buyurishdi.
🌟Kadastr  agentligi direktori o‘rinbosari,  "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining rahbari  Abdushukur Abdullayev mehmonlarni markaz faoliyati bilan tanishtirmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVR TALABI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi
Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani filiali binosida DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirovlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

🔷 Ochiq muloqot davomida korrupsiya va poraxo‘rlik nafaqat maʼlum bir soha, balki butun jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf soluvchi salbiy illatlardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

🎥 Tadbir tafsilotlari mazkur videolavhada.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kadastr_pasporti
KADASTR PASPORTI NIMA UCHUN KERAK?

🔷 Kadastr pasporti
— huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat.

🔷 Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.

🔷 Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz

🌳 Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔷 Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

💻 Xizmatdan foydalanuvchilar:
- Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔷 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
- BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔷 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati:
- 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Kadastr hujjatining yo‘qotib qo‘yilishi jarima to‘lashga sabab bo‘ladimi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 07-13-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 868 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

‼️ Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 90-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube