TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
9.8K photos
1.24K videos
6 files
6.03K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #muzeylar #tadbir
MUZEYLAR – TARIX KO‘ZGUSI

⚜️ Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Ularda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, milliy maʼnaviy qadriyatlarimizdan hikoya qiladi. Bu esa har bir inson qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotadi.

📝 18-mayXalqaro muzeylar kuniga bagʻishlab Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ayni jihatlar alohida qayd etib o‘tildi.

🔷 Shuningdek, mamlakatimiz muzeylariga oid qiziqarli ma’lumotlar hamda maxsus videoroliklar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Auksion qanday tartibda o'tkaziladi?▪️

⚖️ Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

◼️Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin.

◼️Bunda ishtirokchi tomonidan Nizomning 14-bandi belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/auksion-qanday-tartibda-otkaziladi/

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РАДДИЯ

Ижтимоий тармоқларда кенг тарқалган мазкур фото ва унга берилган "Кадастр шундай ўлчабди... " мазмунидаги шарҳ албатта ҳазил тариқасида жойлангани тушунарли. Аммо, бир неча ижтимоий тармоқ кузатувчиларида саволлар туғилаётгани сабабли қуйидагиларни маълум қиламиз:

Айни кунгача, ушбу фотосуратдаги ҳолат юзасидан кадастр идораларига мурожаат келиб тушмаган ва Кадастр агентлигининг ер ва кадастр назорати бошқармалари томонидан ўтказилган назорат тадбирларида бу каби қурилма аниқланмаган.

‼️Ушбу фотосуратдаги ҳолат республикамизда жойлашгани тўғрисида хеч қандай аниқ маълумотлар мавжуд эмас.

Шуни ҳам алоҳида қайт этиш муҳимки, кўчмас мулк объектларига кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш жараёнида қурилиш учун тайёрланган ва тегишли идоралар билан келишилган лойиҳалар асосида қурилмаган объектларга кадастр хужжатлари расмийлаштирилмайди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #xalqaro_tashrif

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 🇨🇳Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан ушбу мамлакатга ташрифи.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.
🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан Хитой Халқ Республикасига келди.
🟢 Хитойга давлат ташрифи билан келган Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳрида тантанали кутиб олинди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳридаги “Шэньси” қароргоҳида Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан музокара ўтказди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан музокаралар ўтказди. Олий даражадаги учрашувдан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлди.
🟢 Олий даражадаги музокаралар якунлангач, икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.
🟢 Сиань шаҳридаги Тан сулоласи боғида “Марказий Осиё – Хитой” биринчи саммитида иштирок этаётган давлатлар раҳбарларини расман кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳрида ўтаётган Марказий Осиё мамлакатлари ва Хитой саммити доирасида Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон билан учрашув ўтказди.
🟢 Хитойга давлат ташрифининг биринчи куни: олий даражадаги тадбирлар ва "Марказий Осиё - Хитой" саммити иштирокчиларини қутлаш маросими.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев “Марказий Осиё - Хитой” биринчи саммитида иштирок этди ва минтақавий ҳамкорликни ривожлантириш бўйича қатор муҳим ташаббусларни илгари сурди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёевнинг "Марказий Осиё – Хитой" саммитидаги нутқи.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Хитойга давлат ташрифининг иккинчи куни тадбирлари доирасида Сиань шаҳрида Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки президенти Цзинь Лицюнни қабул қилди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 15-19-may kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔹 DIQQAT E'LON🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Press turga taklif etadi!

📝 Mavzu: “Auksion savdosida jismoniy shaxs ishtiroki tartibi"

📍 Uchrashuv joyi : Mirobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
🗓 Vaqti: 2023-yil, 24-may, soat 10:00da!

➡️ Press turda ishtirok etmoqchi bo‘lgan OAV vakillari 71 207 00 03 (215) raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki @DKP_Pressa orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yunusobod
🔸 DIQQAT EʼLON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yunusobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlaringizni koʻrib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filialida sayyor qabul oʻtkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz boʻlsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida oʻtkaziladi.

🗓 Kuni: 2023-yil 26-may, soat 10:00 dan.

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Murojaat qilish tartibi▪️

◼️ Davlat hokimiyati organlari, korxona va  tashkilotlarning ochiqlik va shaffoflik bilan ish yuritishi hozirgi kunda davr talabiga aylangan.

▶️ Shu o‘rinda murojaatlarning tartibi va talablari ham qonunchilikda belgilab berilganligini qayd etish lozim.

👍 Mazkur videosyujet orqali Davlat kadastrlari palatasiga bo‘ladigan har qanday murojaatlarning tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaatlar #mahallabay
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

🔷 Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimovlar tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi muammolari o‘rganildi.

🔷 Jumladan, tumanning “Ijodkor”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor” hamda “Sarbon” MFYdagi o‘rganishlar davomida elektr ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

🔷 Aniqlangan har bir muammo tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, zarur vazifalar belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube