TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.48K photos
1.21K videos
6 files
5.8K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #statistika #kadastr_pasporti
2023-YILNING 4 OYIDA QANCHA KADASTR PASPORTI TAYYORLANDI?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 4 oyi davomida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:

▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

💠 Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun BHM ning 5 baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ "Takror va takror aytaman: bizning eng katta boyligimiz – O‘zbekistonni o‘zi uchun yagona Vatan deb biladigan ko‘p millatli buyuk xalqimizdir" – Prezident

⚜️ Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor o‘rinda turishi shart!"

⚜️ Prezident: "Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytiramiz"

⚜️ “Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!” degan qarash jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak" - Prezident.

⚜️ Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish".

⚜️ "Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu – ommaviy axborot vositalari va jurnalistlardir" - Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing
BRIFING

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifing.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan “Maqsad nima? “Marvarid”ni “yoʻq” qilishmi?” nomli sarlavha ostidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️ Fuqarodan kelib tushgan shikoyat arizasi asosida boshqarmaning buyrugʻi bilan Yunusobod tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan yer nazorati tadbirida tumanning Xushnavo koʻchasi, 11a-uy manzilida “Madina Muslima Mubina” MCHJ tomonidan 225 kv.m noqonuniy yer maydoni egallab olingani hamda oʻzboshimchalik bilan qoʻshimcha qurilma qurilganligi aniqlangan.

◻️ Ushbu holat yuzasidan 2022-yil 31-oktabr kuni MJtKning 60-moddasi 2-qismi asosida dalolatnoma rasmiylashtirilib, jamiyat rahbariga 15 kunlik muddatda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini hamda noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan koʻrsatma berilgan.

◻️ Biroq, jamiyat tomonidan davlat organining qonuniy talablari bajarilmaganligi sababli, unga nisbatan maʼmuriy taʼsir chorasi (jarima) qoʻllanilib, noqonuniy qurilmalarni buzish hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini boʻshatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat etilgan.

◻️ Oʻz navbatida, sud tomonidan boshqarmaning daʼvo talablari toʻliq qanoatlantirilib qayd etilgan noqonuniy qurilmalarni buzish hamda yer maydonini boʻshatish yuzasidan qaror qabul qilingan.

◻️ Bugungi kunda sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganligi sababli, MIB tomonidan mazkur qarorni majburiy ijro etish choralari koʻrilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #9_may #Xotira_va_qadrlash_kuni
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

🇺🇿 Mamlakatimizda 9-mayXotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

⚜️ Aslida xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu – har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir.

🔷 Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🔷 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #xotira_abadiy #qadr_muqaddas
XOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT

🔷 Ajdodlarimizning xayrli ishlarini, ularning jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.

🌺 9-mayXotira va qadrlash kuni munosabati bilan erta tongdan Olmazor tumanidagi noyob yodgorlik majmuasi - “G‘alaba bog‘i” har qachongidan-da gavjum.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filial xodimlari ham ushbu bog‘ga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

💐 Shuningdek, sana munosabati bilan kadastr sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlsa-da, hamon yoshlarga oʻz oʻgit va maslahatlarini berib kelayotgan bir guruh faxriylar holidan xabar olinib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #aholi_soni #tumanlar
ENG KO‘P AHOLI OLMAZOR TUMANIDA

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023-yil 1-aprel holatiga 2 978 200 nafar kishini tashkil etmoqda.

👉 Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:

🔷 Olmazor tumani – 397,1 ming kishi

🔷 Yunusobod tumani – 369,5 ming kishi

🔷 Shayxontohur tumani – 361,8 ming kishi

🔷 Mirzo Ulug‘bek tumani – 324,9 ming kishi

🔷 Uchtepa tumani – 295,3 ming kishi

🔷 Yashnobod tumani – 293,0 ming kishi

🔷 Chilonzor tumani – 272,9 ming kishi

🔷 Yangihayot tumani – 164,4 ming kishi

🔷 Sergeli tumani – 163,8 ming kishi

🔷 Mirobod tumani – 150,1 ming kishi

🔷 Yakkasaroy tumani – 128,6 ming kishi

🔷 Bektemir tumani – 56,8 ming kishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Kadastr pasportini rasmiylashtirish▪️

📃 Qanday hollarda ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi?

👆 Yuqorida ana shu savolga javob bo'luvchi ma'lumotlar jamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi
tomonidan 2023-yilning 4 oyi davomida ma’muriy amaliyot sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM