TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #statistika #mulkdorlar
TOSHKENT SHAHRIDA QANCHA MULKDOR BOR?

🔷 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2023-yil 1-choragida jami obyektlar soni 7 915 143 tani tashkil etadi.

🔷 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor Samarqand viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggida esa Sirdaryo viloyatini ko‘rishimiz mumkin.

🔷 Ro‘yxatning 4-o‘rnini egallab turgan Toshkent shahrida jami mulkdorlar soni 748 077 tani tashkil qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Qayta qurish deganda obyektdagi bino va inshootlarni to‘liq yoki qisman buzib tashlab, ularning ixtisoslashishini o‘zgartirgan yoki o‘zgartirmagan holda yangilarini qurish tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

📆 20-aprel kuni 🕞 Soat: 15:00 da

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida
🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

🟢 Mavzu: 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida".

⭕️ Matbuot anjumanga Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
33 111 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 2023-yilning 1-choragida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar haqidagi ma’lumot bilan tanishing.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Foydali #kadastr

🌟Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

📹 Ushubu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

◻️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

◻️ Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Hafta davomida 8 272 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Yer sotib oldim. Uy qurmoqchiman. Avval kadastr qilib keyin uy quramanmi yoki uy qurib keyin kadastr qilamanmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_damda #matbuot_anjumani

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🟢 Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 👍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar”

📲Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari hamda 🌟Kadastr agentligining YouTube kanallari orqali JONLI tomosha qiling.

👍 https://www.youtube.com/@kadastr_agentligi/streams

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
OAV BIZ HAQIMIZDA

⚜️ Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚜️ Sohada 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar tahlil qilingan mazkur tadbir tafsilotlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida keng yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qutlov #Ramazon_hayiti
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

🌙 Ramazon hayiti bayrami insonparvarlik, sabr-qanoat, xayru saxovat va shukronalik timsoli hisoblanadi. U dunyo ahlini oʻzaro doʻst va birodar boʻlib, totuvlik va hamkorlikda yashashga daʼvat etadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi ushbu barokatli va nurafshon kunda barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

⚜️ Qalbingizdagi barcha ezgu tilaklar ro‘yobga chiqsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Yer_kuni
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

♻️ Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish doimiy e’tibor va nazoratni, izchil yondashuvni taqozo etadi.

🌏 Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 22-aprelButunjahon Yer kuni sifatida e’lon qilingan.

⚜️ Mazkur sanada sayyoramiz yagonaligini his etish, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlash maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘ziga xos tadbirlar tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#22aprel

⁉️ Bilasizmi 22-aprelda butun dunyo qanday kunni nishonlaydi?

🎬 Batafsil videoda bilib oling!

🌏 Bayramingiz bilan!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #sayyor_qabul #Yangihayot
🔸 DIQQAT EʼLON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yangihayot tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlaringizni koʻrib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yangihayot tumani filialida sayyor qabul oʻtkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz boʻlsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida oʻtkaziladi.

🗓 Kuni: 2023-yil 28-aprel, soat 10:00 dan.

📍 Manzil: Yangihayot tumani, Shokir ariq koʻchasi 177-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining 2022-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2023-yildagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari 📺 “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida ham atroflicha yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Тошкентда бир йилда қанча ер майдони сотилгани маълум қилинди

Пойтахтда шу вақт давомида аҳоли яшаш манзилларида ер қонун бузилиши бўйича 3 118 та ҳолат аниқланган.

Батафсил — https://dy.uz/pLFPH

@toshkentaokb
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Toshkentda bir yilda qancha yer maydoni sotilgani ma’lum qilindi

Poytaxtda shu vaqt davomida aholi yashash manzillarida yer qonun buzilishi bo‘yicha 3 118 ta holat aniqlangan.

Batafsil — https://dy.uz/mnXQF

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda
KADASTR XIZMATIDA AHOLI MANFAATI USTUVOR

⚜️ Bugun poytaxtimiz aholisi tomonidan kadastr idoralariga bo‘layotgan murojaatlarning yechimi yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

👉 Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi J.Karimov Ochun.uz internet nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
YOSHLAR YER MASALALARIGA BEFARQ EMAS

🔷 Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universitetida 22-aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir unutilmas voqeliklarga boy bo‘ldi.

🔷 Jumladan, “Sayyoramizga sarmoya kiriting” mavzusidagi tanlovda talabalar 4 yo‘nalishda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Yakunda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida “Karyera kuni” ham tashkil etildi. Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube