TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.44K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

⚜️Tartib-intizom, ochiqlik va halollik mezonlariga rioya qilinishi davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim jihatlardan biriga aylanib ulgurdi.

⚜️Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish boʻlimi mas’ul xodimi ishtirokida Yunusobod tumani filialida tashkil qilingan navbatdagi davra suhbatida ham ayni shu jihatlar kun tartibida bo‘ldi.

⚜️Vazifasiga sidqidildan yondashish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shu bilan birga ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir xodimning jamoa va fuqarolar oldidagi nufuzining oshishiga xizmat qilishligi ta’kidlab o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
O‘zimga tegishli bo‘lgan noturar joyni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganman. Kuni kecha noturardan turar joyga o‘zgartirdim. Endi uni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishim kerakmi?

Javob: Ha, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz kerak.

🔷 Vazirlar Mahkamasining 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bandiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

⚜️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablariga muvofiq, tegishli ruxsatnoma talablari bajarilgandan soʻng o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan oʻtkazilishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсати соҳасидаги ишлар натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам повышения результативности работы, проводимой в области молодежной политики.

#Mirziyoyev #videoselektor #yoshlar #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍2
#Kadastr #statistika #qurilish
TOSHKENT SHAHRIDA 4,1 TRLN. SO‘MLIK QURILISH ISHLARI BAJARILDI

📊 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent shahrida jami 4,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

🏗 Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 13,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 74,5 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 11,7 % ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #savol_javob

Savol: Men quruq yer sotib olgan edim. Qaror bor, lekin kadastr hujjatlari yo‘q. Bu holatda yerni oldi-sotdi qilish imkoni bormi?

Javob – videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
2 052 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 5-12 aprel oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌏Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

👍O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar natijasida vazirlik va idoralar soni optimallashtirildi, ayrim tashkilotlar bir-biriga qo‘shildi yoki qisqardi. Shuning uchun biz davlat organlari va tashkilotlarining Telegramdagi kanallari ro‘yxatini yangiladik.

📝Mazkur telegram kanallarida yangi qonun hujjatlari sharhi, ahamiyatli mavzular yuzasidan ekspertlar fikri, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy idoralar holatidan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

🔌 Davlat organlarining rasmiy kanallarini yangilangan ro‘yxati bilan tanishib, aʼzo bo‘lishni tavsiya qilamiz.

➡️ Markaziy tashkilotlar
➡️ Vazirliklar
➡️ Qo‘mitalar
➡️ Agentliklar
➡️ Inspeksiyalar
➡️ Markazlar
➡️ Boshqa tashkilotlar
➡️ Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
➡️ Banklar va sug‘urta kompaniyalari
➡️ Uyushmalar
➡️ Hokimliklar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Kadastr #huquqiy_asos

Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔷 Ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obyektlardir.

🔷 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #savol_javob

Savol: Ko‘chmas mulkning kadastr pasporti qancha muddatda shakllantirib beriladi?

Javob – videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
▪️Hafta davomida 8 589 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
KADASTR OBYEKTIGA TAQIQNI TEKSHIRISH

⚜️ Murojaatlar
qabul qilinadi:
YIDXP – my.gov.uz orqali.

⚜️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

⚜️ Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

⚜️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

⚜️ Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori.

⚜️ Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Kadastr #statistika #kvartira
KVARTIRALAR SONI BOʻYICHA QAYSI HUDUD YETAKCHI?

📊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hududlar kesimida eng koʻp kvartira (uy)lar soni boʻyicha ma’lumotni e’lon qildi.

👉 Unga ko‘ra ushbu reytingda yetakchi pogʻonalarni Fargʻona (800,8 ming yoki respublikadagi umumiy uylar sonining 11,0 %), Samarqand (788,3 ming yoki 10,8 %), Toshkent (707,7 ming yoki 9,7 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (724,7 ming yoki 9,9 %) band etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#kadastr #ko'chmas_mulk

👍Respublikamiz bo'yicha joriy yilning 1-aprel holatiga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari soni infografika ko'rinishida.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 10-14-aprel kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Tezkor #Munosabat

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan Mirobod tumanidagi masala yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

◻️ O‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1