TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.22K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #9_aprel_temuriylar #tadbir
TEMURIYLAR DAVRIDA YER MUNOSABATLARI

🏢 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Alimardonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

📝 Tarixchi o‘z ma’ruzasida Ikkinchi renessans davri bunyodkori hisoblangan Amir Temurning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasiga to‘xtaldi.

🔷 Shuningdek, Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, yer munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

⚜️Tadbir yakunida kadastr xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #unese #xalqaro_uchrashuv

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–5-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kitobxonlik
MUTOLAA VAQTI

📖 Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida haftaning juma kunida kitob mutolaasi soati yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Unda xodimlar ishdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlar hamda sohaga oid kitoblarni o‘qish orqali yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lishmoqda.

📘O‘tkazilgan tadqiqotlarda har safar kitob oʻqilganida miya faol ishlashi, doimiy ravishda kitob oʻqiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan.

📝 Shunday ekan, Siz ham kitob mutolaasidan bahramand bo‘lish uchun albatta VAQT ajrating.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #xizmatlar

💻 Uydan chiqmasdan turib ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin

🏢 Fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

🟢joylashuv manzili;
🟢kadastr raqami;
🟢turar joy yoki noturar joyligi;
🟢umumiy maydoni;
🟢huquqiy egasi (egalari);
🟢bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🟢huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🟢cheklanish mavjudligi;
🟢kadastr qiymati.

Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

🪙 Xizmat narxi – 13 500 so'm.

➡️Xizmatdan foydalanish

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️1-chorak davomida 130 855 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan 2023 yil 1-chorak davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 3-7-aprel kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Temurga_ehtirom
BUGUN SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

📖 Qutlugʻ sana munosabati bilan sohibqiron Amir Temurning hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan oʻgitlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:

⚜️ Kuch — adolatdadir.

⚜️ Bir tayoqni sindirmoq mumkin, koʻp tayoqni bukib ham boʻlmas.

⚜️ Ota boʻlmagan ota qadrini bilmas.

⚜️ Kechira olishlik — mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.

⚜️ Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan boʻlsam, butun zehnim, vujudim bilan bogʻlanib, bitirmagunimcha undan qoʻlimni tortmadim.

⚜️ Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, musofir yoʻlovchilar uchun yoʻl ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga koʻpriklar qurishni buyurdim.

⚜️ Chin doʻst uldirki, doʻstidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #savol_javob

Savol: Uyimning oldida kichkina yer maydoni bor. Men u yerga daraxt ekib obodonlashtirib qo‘yganman. Ushbu joyni kadastr hujjatiga kiritib olish mumkinmi?

Javob – videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Huquq egasi deganda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida ushbu ko‘chmas mulkka doir huquqqa ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #poytaxt_tumanlari

❇️ Toshkent davr shiddati va talabiga hamohang tarzda zamonaviylik va qulaylikni bir nuqtada jamlagan yirik shaharga aylanmoqda.

🏗🏛 Yangicha qiyofa kasb etgan yashash manzillari, ijtimoiy soha obyektlari, insonlar hordiq chiqarishi uchun tashkil etilayotgan yashil hududlar, dam olish maskanlari koʻrgan koʻzni quvnatadi.

⚜️ Jumladan, Yangihayot tumani ahli ham bugun hududdagi ijobiy oʻzgarishlarni kundalik turmushida toʻla his etmoqda. Shukronalik va ishonch tuyg‘usi esa ularni yangi marralar sari ruhlantirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yer fondi toifalari🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mazkur ma’lumotda 2023 yil yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydonlari va yer fondi toifalarini taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

🔷 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining ☎️ (+99871) 231-68-51 (ichki 212) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

⚜️Tartib-intizom, ochiqlik va halollik mezonlariga rioya qilinishi davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim jihatlardan biriga aylanib ulgurdi.

⚜️Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish boʻlimi mas’ul xodimi ishtirokida Yunusobod tumani filialida tashkil qilingan navbatdagi davra suhbatida ham ayni shu jihatlar kun tartibida bo‘ldi.

⚜️Vazifasiga sidqidildan yondashish, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shu bilan birga ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir xodimning jamoa va fuqarolar oldidagi nufuzining oshishiga xizmat qilishligi ta’kidlab o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube