TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #referendum #befarqemasman
KONSTITUTSIYA OLIY YURIDIK KUCHGA EGA HUJJAT

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 15-moddasida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

🇺🇿 Yangilanayotgan Konstitutsiya referendum asosida bevosita xalq tomonidan qabul qilinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga kiradigan ilk Asosiy qonun hisoblanadi.

🇺🇿 Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi davlat organlari va fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishi va rioya etishini ko‘zda tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #davra_suhbati
RAQAMLASHTIRISH – TARAQQIYOT OMILI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi
Toshkent shahar boshqarmasi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarini keng joriy etish bo‘yicha “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda boshqarmaning Axborot tahlili va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi A.Yakubov so‘zga chiqib, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri davlat va iqtisodiyotni boshqarishni raqamli o‘zgartirish, ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish ekanligini ta’kidladi.

🔷 Bugungi kunda “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, natijada aholi va tadbirkorlarning uzog‘i yaqin, mushkuli oson bo‘layotgani alohida qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔤Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔤

👍 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023 yil 23-28 - mart kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 746 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

⚜️Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🗒 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 47-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

MALAKALI YURIDIK YORDAM OLISH HUQUQI KAFOLATLANADI

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida malakali yuridik yordam olish huquqi aks ettirilmoqda.

📝 "Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi" - yangilanayotgan Konstitutsiyaning 29-moddasi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #minnatdorlik #Jahongir_Poziljonov
JAHONGIR POZILJONOV KADASTR HAQIDA

💻 O‘zingizga zarur bo‘lgan kadastr xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib onlayn tarzda foydalanib ko‘rganmisiz?

🇺🇿 🎤 O‘zbek shov-biznesining yorqin vakili, “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov bu borada fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Hafta davomida 7 917 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yizasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
XALQQA HALOL XIZMAT

🔲 Korrupsiya – tanazzulga yetaklovchi salbiy illat. Shu bois uni ildizi bilan yoʻq qilish, kelib chiqish omillarini bartaraf etish juda muhim.

🏢 “Korrupsiyasiz halol xizmat” mavzusidagi navbatdagi davra suhbati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani filiali xodimlari uchun tashkil qilindi.

🔷 Muloqot davomida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov xodimlarning tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishi odamlarda ushbu sohaga bo‘lgan ishonchning yanada ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

◻️ Shuningdek, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📝 Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

📝 Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 68-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ayni_dam #sayyor_qabul
SAYYOR QABULDA MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA

🔴 Ayni dam, Yashnobod tumani aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda soha mutaxassislari murojaatchilarning masalalarini oʻrganishmoqda.

🔷 Qabul tafsilotlari haqida yana batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube