TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.36K photos
1.19K videos
6 files
5.71K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #mehnat_yarmarkasi
BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

⚜️ Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish, arxitektura, kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan idora va tashkilotlarning vakillari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini talaba yoshlarga taklif etdilar.

🏢 Yarmarkada Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼul xodimi ham ishtirok etib, sohaga qiziquvchi bitiruvchi talabalar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida kadastr sohasi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berildi.

🔷 Har tomonlama manfaatli boʻlgan mehnat yarmarkasida yoshlarning talab va takliflar ham oʻrganildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ayni_dam #ochiq_muloqot
KADASTRCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

⚜️ Ayni dam Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda mas’ul xodimlari “Toshkent” telekanalining jonli efirida ishtirok etishmoqda.

📺 🎙Mutasaddilar “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, teletomoshabinlarning kadastrga oid savollariga javob qaytarishmoqda.

👉 Siz ham ☎️ (71) 214-16-97, (71) 214-16-98 telefon raqamlari orqali oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #umumxalq_xayriya_hashari
XAYRIYA HASHARIDA KADASTRCHILAR HAM FAOL

⚜️ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🏢 Erta tongdan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari ham ushbu ezgu va savobli tadbirda faol ishtirok etishdi.

🔷 Hashar davomida ariqlar tozalanib, bino joylashgan hudud yon-atrofi yanada orasta holatga keltirildi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌺 Shuningdek, mamlakatimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududga koʻplab gul koʻchatlari oʻtkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bayram_tadbiri
KADASTRDA NAVRO‘Z SHUKUHI

💐Goʻzal diyorimizga barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Tinchlik va sogʻliqni ulugʻlaydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navroʻz shukuhi dillarga zavq ulashmoqda.

🏢 Bayram munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💐 Unda so‘zga chiqqanlar BMT tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan o‘rni va taʼsiri haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

🌺 Navro‘z - insonlarni ezgulikka, bunyodkorlikka, mehr-oqibatga chorlovchi qadriyatlarimiz gultoji ekani ushbu tadbir davomida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

🏓 Stol tennis bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazgan kadastr xodimlari 🫖 bir piyola choy ustida oshdan tanovul qilib, bir-birlariga bayram tilaklarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube