TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.23K photos
1.14K videos
6 files
5.6K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Litsenziyalash_xizmati #kadastr

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🟢Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🟢 Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

➡️Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 20 foizi;

🪙 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

📆 Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_targ_ibot
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

⚜️ Unda mazkur qarorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz huquqlarining kafolatlarini yanada mustahkamlash yo‘nalishida joriy etilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berildi.

🔷 Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar ham namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 6-11-mart kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Rekonstruksiya qilish — binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda ko‘p kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui degan ma'nonini anglatadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Munosabat

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan “Zamon zo‘rnikimi?” sarlavhali murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

◻️ O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan “Zamon zoʻrnikimi?” sarlavhali murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni maʼlum qiladi.

🔹Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining arxiv hujjatlariga asosan, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi 35-uy manzilidagi 257 kv.m. joylashgan turar-joy binolari fuqaro A.D. nomiga 2022-yil 3-iyun kunidagi 202201925013951-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

🔹 Kadastr agentligining Yunusobod tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Bogʻishamol koʻchasi 35-uy joylashgan yer maydonini chiqib oʻrganish natijasida, fuqaro A.D. tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan yer maydoni chegarasidan chiqqan holda tegishli organ bilan kelishmasdan noqonuniy bino qurayotgani, unga tutash 400 kv.m. yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab, unda yer sathidan 40-100 sm balandlikda beton qoplama quyilganligi aniqlangan. Fuqaroga 15 kunlik muddatda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini hamda noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.

🔹 Koʻrsatma talablari bajarilmagan taqdirda boshqarma tomonidan noqonuniy holatni bartaraf qilish majburiyatini fuqaroga yuklanishini so‘rab belgilangan tartibda sud organlariga daʼvo arizasi kiritiladi.

🔹 Shuningdek, fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, ⌛️ lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qutlov #ehtirom
KASBIDAN QADR TOPGAN SOHA FIDOYISI

⚜️ Kimki kasbiga sadoqatli bo‘lsa, halollik, mehnatsevarlik, sabr-qanoatni o‘ziga do‘st tutsa, u albatta kasbidan qadr topadi, atrofdagilar uchun kerakli va sevimli insonga aylanadi.

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Umumiy bo‘lim boshlig‘i Shoyev Alijon Akbarovich ham yuqoridagi ta’riflardan ham ko‘prog‘iga munosib inson. Salkam 40 yil davomida kadastr tizimida faoliyat yuritib soha rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, yuzlab shogirdlarni tarbiyalab, ularning yetuk kadr bo‘lib yetishishiga zamin yaratgan haqiqiy Ustoz, o‘z kasbining chinakam ustasi A.Shoyev qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi.

🏢 Ushbu sana munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmalar boshliqlari, turli yillarda A.Shoyev bilan birga faoliyat yuritgan hamkasblar, shogirdlar tomonidan tavallud kunini nishonlayotgan soha fidoyisi sha’niga iliq so‘zlar bildirildi, esdalik sovg‘alari taqdim etilib, maxsus videorolik namoyish etildi.

⚜️ Kadastr sohasining turli avlod vakillarini bir yerga jamlagan, go‘zal xotiralar yodga olingan, sohaning buguni va ertasi uchun qimmatli fikrlar bildirilgan ushbu tadbir ko‘pchilikning yodida uzoq vaqt saqlanib qolsa ajabmas.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
2023 йил 1 майдан бошлаб:

оиланинг меҳнатга лаёқатсиз ҳар бир аъзосига боқувчисини йўқотганлик пенсияси пенсияни ҳисоблаб чиқиш учун олинадиган пул таъминотининг (иш ҳақининг) 50 фоизи миқдорида белгиланди.

Оила аъзолари (ота-онаси, турмуш ўртоғи, 23 ёшга тўлмаган фарзандлари) даромадлар қайси ойда олинган бўлса, ўша ойда ҳар бир ой учун меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 3 баравари миқдоридаги даромадлар бўйича жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғидан озод этилади.

Оилалар белгиланган тартибда тураржойга муҳтож деб тан олинган тақдирда, тураржой билан биринчи навбатдаги тартибда таъминланади.

Қонунчиликда белгиланган ҳарбий хизматчиларга (ходимларга) тураржой сотиб олиш (қуриш) учун узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитлари бериш тартибига мувофиқ узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитларини олиш ҳуқуқи сақлаб қолинади.

Ҳалок бўлган ҳарбий хизматчининг (ходимнинг) янги никоҳга кирмаган турмуш ўртоғи ва (ёки) ҳарбий хизматчининг (ходимнинг) қарамоғида бўлган ота-онасидан бирига Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг ҳарбий хизматчиларига тураржойни ижарага олганлик (ижарада турганлик) учун ҳар ойлик пул компенсациясини тўлаш тартиби татбиқ этилади (мулкида тураржой бўлмаган тақдирда).

Каналга уланиш:
@uzauz
#Kadastr #UzKad #seminar
UZKAD DASTURI BO‘YICHA SEMINAR

🏢 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida “UzKad” dasturiga yerlarni hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

🔷 Boshqarmaning Axborot tahlili va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminarda barcha tuman filiallarining ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi, topograf, davlat kadastr yagona tizimi (DKYAT) muhandislari ishtirok etdi.

🔷 Unda, noturar obyektlarni UzKAD dasturiga kiritish jarayonlari, tizimga kiritishdagi ahamiyatli jihatlar yuzasidan tinglovchilarga amaliy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube