TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #bekatlar
O‘ZLASHTIRILGAN BEKATLAR YO‘LOVCHILARGA QAYTARILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan umumiy foydalanishga moʻljallangan bekatlar muntazam oʻrganib kelinmoqda.

❇️ Yunusobod tumani, “Xiyobontepa” MFYda joylashgan bekatning umumiy maydoni 36 kv.m. Bekat majmuasi hududidagi umumiy 12 kv.m. yer maydoni tadbirkorga ajratilgan.

Biroq o‘rganishlarda tadbirkor tomonidan fuqarolarning umumiy foydalanishida bo‘lgan bekat qismining 12 kv.m. yer maydonidan do‘kon sifatida foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

⚜️ Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022-yildagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq Boshqarmaning Yunusobod tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan tadbirkorga oʻzboshimcha egallangan yer maydonini 15 kunlik muddatda ixtiyoriy bartaraf etish va umumiy bekat qismini oʻz holatiga qaytarish yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

Natijada tadbirkor belgilangan muddatda bartaraf qilish ishlarini amalga oshirgan.
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 20-24 fevral kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul
KADASTR XODIMLARI XALQ BILAN

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

👉🏼 20 ga yaqin fuqaroning kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlari koʻrib chiqilgan sayyor qabul tafsilotlari mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARIDAN IMORAT QURISH UCHUN FOYDALANISH

🔶 Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda oʻzlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 26-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Geoinnovatsiya

⭐️Кадастр агентлиги "Геоинновация маркази" давлат унитар корхонаси мутахассислари 🇨🇳Хитой Халқ Республикасининг LONGi корхонаси билан 600 киловатт қуёш панеллари етказиб бериш бўйича шартнома имзолади.

Мазкур LONGi Hi-MO5 550w қуёш панелларининг ўзига хос хусусияти шундаки, у икки томонлама қувватланувчи Монокристалл панел ҳисобланиб, тўғридан-тўғри қуёш нури тушмаган ҳолатда, шунингдек булутли кунда ҳам ёруғликни ўзида ишлай олади.

Батафсил бу ерда ўқинг👇
https://uza.uz/uz/posts/hitoyning-longi-korxonasi-mamlakatimizga-600-kilovatt-quyosh-panellari-etkazib-beradi_457363

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida Sergeli tumanida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tgan edi.

▶️ Mazkur sayyor qabul haqida "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" informatsion dasturi orqali batafsil ma'lumot berildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев инвестицияларни жалб қилиш ва саноатни ривожлантириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам привлечения инвестиций и развития промышленности.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #sud_masalalari #statistika
KADASTRGA OID SUD MASALALARI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi vakillari ishtirokida 2023-yilning 20-24-fevral kunlari Toshkent shahrining fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlari, maʼmuriy sudlari, iqtisodiy sudida jami 95 ta ish koʻrildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tezkor #Munosabat

🔹Bugun Effect.uz saytida e’lon qilingan “Uy olib qo‘rquvda qolgan fuqarolar!” sarlavhali videomaterial yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish boshlanganini ma’lum qilamiz.

🔹O‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Sergeli tumanida sayyor qabul oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

👉 Mazkur tadbir tafsilotlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida ham keng yoritildi.

Batafsil o‘qish uchun

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
INTIZOM VA HALOL XIZMAT – MUVAFFAQIYAT GAROVI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Timur Yuldashev tomonidan 2023-yilning 1-28-fevral kunlarida DKP Toshkent shahar boshqarmasi hamda uning tuman filiallarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, soha nufuzini yanada oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

🔷 Xususan, oʻtgan vaqt davomida 360 dan ziyod xodimning har biri bilan yakkama-yakka suhbatlashilib, uning mehnat jamoasidagi oʻrni, oilaviy sharoiti, bugungi rejalari haqida oʻzaro fikr almashildi. Eʼtiborlisi, mazkur profilaktik tadbirlar rasmiyatchilikdan holi, samimiy ruhda kechdi.

🔷 Bundan tashqari T.Yuldashev tomonidan ZOOM platformasi orqali boshqarma masʼul xodimlari hamda tuman filial boshliqlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi, korrupsiya, taʼmagirlik kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🔷 Tartib-intizom, xalqqa halol xizmat istiqboldagi ulkan yutuqlarga zamin yaratishi alohida qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube