TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент ерусти метроси қурилишининг иккинчи босқичи доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проводимой работой в рамках второго этапа строительства надземного метро Ташкента.

#Mirziyoyev #tanishuv #jamoattransporti #metro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
XALQQA HALOL XIZMAT

📌 Korrupsiya
– qaysi soha boʻlmasin barchasini tanazzulga yetaklaydi. Shu bois uni ildizi bilan yoʻq qilish, kelib chiqish omillarini bartaraf etish muhim.

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ham ayni yoʻnalishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

💠 “Korrupsiyasiz halol xizmat” mavzusidagi davra suhbati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yunusobod tumani filiali xodimlari uchun tashkil qilindi.

💠 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov soha xodimlarining tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

💠 Bu kabi uchrashuvlar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham oʻtkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shaharda bosh reja bo‘lmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi

🇺🇿 Ayni paytda Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

◾️Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.

◾️Shuningdek, yig‘ilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

◾️Bundan tashqari, uchrashuvda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

◾️Davlatimiz rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.

Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi ta’kidlandi.

2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbog‘i” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko‘chatlari ekiladi.

◾️Yig‘ilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_ehtirom
9-FEVRAL - HAZRAT NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN

📖 Bugun mamlakatimiz boʻylab Soʻz mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda.

📖 Maʼlumki, Alisher Navoiy ikki tilda – turkiy va forsiyda ijod qilgan. U fors tilini shirinlikka qiyoslasa, turkiy tildagi ijodini oltin, durga oʻxshatadi. Navoiy ijodi hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli hisoblanadi.

📖 Jumladan, tinchlik, adolat, inson huquqlari, ayollarga hurmat va ehtirom, tabiat va atrof-muhit muhofazasi hamda boshqa jabhalardagi mavzular uning asarlarida oʻz ifodasini topgan. Shuning uchun ham Hazrat Navoiy ijodini oʻqish, oʻrganish muhimdir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #yangi_qurilishlar
SIZ UCHUN MA’LUMOT

🏗 2022-yil yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 38,8 trln. so‘mlik ishlar bajarildi va ularning ulushi 43,3 foizni tashkil etdi.

🏗 Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 29,2 trln. so‘m va jami yangi qurilish ishlarning 32,6 foizi bajarildi.

🏗 Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 21,7 trln. so‘m va ulushi 24,1 foizni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонасига бориб, турк қардошларимизга яна бир бор ҳамдардлик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турецкой Республики в Узбекистане и вновь выразил соболезнования турецким братьям.

#Mirziyoyev #hamdardlik #Turkiya #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Hafta davomida 5 526 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yizasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
4 036 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi filiallari tomonidan 2023-yilning 1-8-fevral kunlarida jami 4 036 ta koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Ularni tumanlar kesimida koʻradigan boʻlsak:

🔷 Bektemir tumanida – 102 ta
🔷 Chilonzor tumanida – 318 ta
🔷 Mirobod tumanida – 246 ta
🔷 Mirzo Ulugʻbek tumanida – 517 ta
🔷 Olmazor tumanida – 275 ta
🔷 Shayxontohur tumanida – 276 ta
🔷 Sergeli tumanida – 317 ta
🔷 Uchtepa tumanida – 254 ta
🔷 Yakkasaroy tumanida – 221 ta
🔷 Yangihayot tumanida – 502 ta
🔷 Yashnobod tumanida – 555 ta
🔷 Yunusobod tumanida – 453 ta.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #yanvar #murojaatlar
MUROJAATLAR TAHLILI

🏢Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning yanvar oyida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ayni_dam #sayyor_qabul
SAYYOR QABUL

⚡️ Ayni dam, Mirzo Ulug‘bek tumani aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda soha mutaxassislari qabulga kelgan murojaatchilarning masalalarini oʻrganishmoqda.

🔷 Qabul tafsilotlari haqida yana batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube